O'zbekiston

Karkidon turizm majmuasi: tabiat va zamonaviylik uyg‘unlashgan maskan

O'zbekiston Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi qaroriga muvofiq, bu yerda qiymati 635 milliard so‘mlik zamonaviy turizm majmuasi shakllantirilmoqda.

Karkidon turizm majmuasi: tabiat va zamonaviylik uyg‘unlashgan maskan

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Kontent tayyorlash markazi va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida jurnalistlar uchun “Farg‘onada yangi O‘zbekiston nafasi” shiori ostida press-tur tashkil qilindi. Press-tur davomida Karkidon suv omboriga borildi.

 

Karkidon suv ombori hududi yaqin yillarda Farg‘ona vodiysining eng yirik va zamonaviy ekoturizm maskanlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Davlat rahbarining 2025-yil 1-apreldagi qaroriga muvofiq, bu yerda qiymati 635 milliard so‘mlik zamonaviy turizm majmuasi shakllantirilmoqda.

 

 

508 gektar maydonni qamrab olgan loyiha doirasida agroturizm, ekoturizm va ekstremal turizm yo‘nalishlari birlashtirilgan bo‘lib, hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Majmua uchun ishlab chiqilgan master-rejaga asosan, dastlabki bosqichda 250 gektar maydon o‘zlashtirilgan. Suv ombori atrofiga 110 mingdan ortiq manzarali daraxt va ko‘chatlar ekilib, 13 ta tik quduq qazilgan hamda tomchilatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

 

Majmuaga kirish qismida 30 gektar maydonda barpo etilgan lavandazor sayyohlar e’tiborini tortadi. Hududda mehmonlar uchun 25 ta zamonaviy shale uylari qurilgan bo‘lib, ular oilaviy va guruh tarzida dam olish uchun mo‘ljallangan.

 

Kompleksning markaziy qismida 48 gektarlik “Sokin hudud” tashkil etilgan. Ushbu hududda sun’iy ko‘l, sayr qilish uchun 6 kilometrdan ortiq piyodalar yo‘lagi hamda uzunligi 420 metr bo‘lgan zamonaviy ko‘prik qurilgan. Bundan tashqari, bolalar maydonchalari, workout zonalari va shaxmat maydonlari ham tashkil etilgan.

 

Hududdagi eng yirik loyihalardan biri — 12 gektar maydondagi gullar bog‘i hisoblanadi. Mazkur loyiha Dubai Miracle Garden'dan ilhomlangan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, hajmi jihatidan undan ikki baravar katta bo‘lishi rejalashtirilgan. Hozirda bog‘ hududida betonlashtirish va piyodalar yo‘laklari qurilishi yakunlanib, obyektlarni joylashtirish ishlari davom etmoqda.

 

Majmuada gastronomik hudud ham tashkil etilib, unda milliy va xorijiy taomlar taklif qiluvchi 12 ta kafe va restoran faoliyat yuritadi. Shuningdek, loyiha doirasida 45 ta shale, 57 ta zamonaviy mehmon uyi, ekobozor va agroturizm maskanlari barpo etilgan.

 

Kelgusida hududda motokross maydonlari, 2 kilometrlik dor yo‘li, karting hamda golf maydonlarini qurish rejalashtirilgan. Bu esa Karkidon suv omborini faol turizm yo‘nalishidagi yetakchi maskanlardan biriga aylantirishi kutilmoqda.

 

Loyiha doirasida 100 dan ortiq tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, qariyb 2 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Majmua yiliga 750 ming nafar sayyohni qabul qilishi, 3 milliard so‘mlik byudjet tushumi hamda 5 million dollarlik xizmatlar eksportini ta’minlashi rejalashtirilgan. Kompleks 2027 yildan boshlab to‘liq quvvatda ishga tushiriladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"