O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Avstriya delegatsiyasini qabul qildi

Ushbu tashrif doirasida qo‘shma biznes forumi o‘tkazildi, mehnat migratsiyasi, diplomatik xizmat va soliqqa tortish sohalarida muhim bitimlar imzolandi.

O‘zbekiston Prezidenti Avstriya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni Avstriya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Beate Maynl-Rayzinger va ichki ishlar federal vaziri Gerxard Karnerdan iborat delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmonlar davlat rahbariga Avstriya Federal Prezidenti Aleksandr Van der Bellenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Turli darajalardagi muloqotlar izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash 3 barobar oshdi. Qurilish materiallari, tog‘ turizmi, sog‘liqni saqlash, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, bank-moliya va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari jadal amalga oshirilmoqda.

 

Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat yuritmoqda. Ushbu tashrif doirasida qo‘shma biznes forumi o‘tkazildi, mehnat migratsiyasi, diplomatik xizmat va soliqqa tortish sohalarida muhim bitimlar imzolandi.

 

Madaniyat va ta’limda ham almashinuvlar kengayib bormoqda.

 

Oliy darajada tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

 

Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik haqida so‘z yuritilar ekan, terrorizm, odam savdosi, narkotrafik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish sohasida muntazam axborot almashish zarurligi qayd etildi.

 

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.