Jahon

Tramp va Si uchrashuvida Tayvan masalasi yana o‘rtaga chiqdi

Prezident Donald Tramp Xitoyga ikki kunlik tashrifi davomida muhokama qilingan barcha masalalardan juda mamnun ko‘rindi. Biroq, ular nima masalada kelisha olgani noma’lum. Chunki Tramp deyarli barcha narsada kelishganini aytmoqda.

Tramp va Si uchrashuvida Tayvan masalasi yana o‘rtaga chiqdi

Tramp va Si uchrashuvida Tayvan masalasi hal etilishi kerak edi, biroq…

 

13-15-may kunlari Tramp Pekinga borgan edi. Tashrif davomida u ko‘p narsalarni Si Szinpin bilan kelishib olishi kerak edi. Xitoy Tomoni esa u bilan Tayvan masalasida yakuniy qarorga kelishi kutayotgan edi biroq, muzokaralarda Tayvan masalasi deyarli muhokama qilinmadi.

 

15-may kuni Pekindan AQShga qaytayotgan prezident samolyoti bortida jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda Tramp salmoqli kelishuvlar haqida kam gapirdi, ammo Si Szinpinning qistovi bilan AQShning Tayvan bilan munosabatlaridagi asosiy masalani qayta ko‘rib chiqayotganiga shama qildi.

 

Oq uy rasmiylari AQShning Tayvanga nisbatan siyosati sammit kun tartibiga kiritilmasligi haqidagi ko‘plab va’dalariga va Trampni ogohlantirishga qaramay, Donald Tramp va Si Szinpin Tayvan orolidagi AQSh aloqalarini uzoq va batafsil muhokama qilganini aytdi. Tramp jurnalistlarga Pekinning azaliy va asosiy talablaridan biri bo‘lgan — ushbu o‘z-o‘zini boshqaradigan “orolga” qurol sotish masalasini qayta ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Ammo AQSh Xitoyning ehtimoliy agressiyasini tiyib turish uchun Tayvanni mudofaa qurollari bilan ta’minlash bo‘yicha uzoq yillik majburiyatlarga ega.

 

Tramp Tayvanga qurol sotish yoki sotmaslik haqidagi savolga, yaqin vaqtlar ichida bu  masala bo‘yicha bir qarorga kelishini aytgan. U, shuningdek, ushbu qarorni qabul qilish jarayonining bir qismi sifatida "Tayvanni boshqarayotgan shaxs" bilan gaplashishini qo‘shimcha qildi.

 

AQSh bunday vaziyatda Tayvanga qurol sotadimi?

 

 

The New York Times nashrining yozishicha, Tayvan hukumati prezident Tramp “orol”ni Pekinning harbiy tahdidlariga qarshi mustahkamlash uchun 14 milliard dollarlik raketalar to‘plami, dronlarga qarshi uskunalar va havo hujumidan mudofaa tizimlarini imzolashini bir necha oydan beri kutmoqda.

 

Prezident Tramp Tayvanga o‘z mudofaasiga ko‘proq mablag‘ sarflash uchun bosim o‘tkazgan edi. Endi u o‘z ma’muriyati “orol”ni sotib olishga undagan qurollardan Qo‘shma Shtatlarning asosiy raqibi Xitoyga ta’sir ko‘rsatish uchun foydalanmoqda. 

 

Trampning aytishicha, AQSh va Tayvan o‘rtasidagi qurol sotish bo‘yicha bitimni imzolash Xitoy bo‘ladigan siyosatga bog‘liq. Trampning ushbu so‘zlariga Pekindan rasmiy munosabat bildirilmadi. Tayvan hukumati esa keskinlikni tezda yumshatishga urinib, amerikalik mulozimlar ularni AQSH siyosati o‘zgarmasdan qolishi haqida ko‘p bor ishontirganini ma’lum qildi.

 

Pekindagi muzokaralarning birinchi kunida Si Szinpin Trampga "Tayvan masalasini Xitoy-AQSH munosabatlaridagi eng muhim masala" ekanini aytgan edi. Agar bu masala noto‘g‘ri hal qilinsa, Si ogohlantirganidek, bu "butun AQSh-Xitoy munosabatlarini o‘ta xavfli vaziyatga solib qo‘yishi" mumkinligini aytgan edi. Tramp ham shu gaplarga yarasha mazkur masala hal qilinishi diqqat bilan o‘ylab ko‘radi. Chunki AQSh va Trampga dunyoning ikkinchi iqtisodi hamda zamonaviy harbiy qurollar yaratayotga Xitoydek kuchli dushman kerak emas.

 

 Tayvan Trampga ishonadimi?

 

 

Tayvan prezidenti Lay Sinde administratsiyasi Trampning so‘nggi bayonotiga nisbatan munosabatida Tramp birinchi muddatidan beri Tayvan bo‘g‘ozi xavfsizligini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Xitoyga yaqin davlatlar "AQSH bilan mudofaani faol mustahkamlash yo‘lida hamkorlik qilayotgani, Tayvan ham bundan mustasno bo‘la olmasligini" ta’kidlagan.

 

Si Szinpin AQSh bilan muzokaralarda Trampga "Tayvan masalasini Xitoy-AQSH munosabatlaridagi eng muhim masala" ekanini aytgan edi. Agar bu masala noto‘g‘ri hal qilinsa, Si ogohlantirganidek, bu "butun AQSh-Xitoy munosabatlarini o‘ta xavfli vaziyatga solib qo‘yishi" mumkin.

 

Tramp ham Sining qarashlarini diqqat bilan tinglaganini ko‘rsatishga intilib, intervyuda Xitoy rahbari bilan uzoq suhbatdan so‘ng: "O‘ylaymanki, hozir men Tayvan haqida deyarli har qanday boshqa davlatdan ko‘ra ko‘proq narsani bilaman", — dedi.

 

Biroq, u keyinchalik Tayvan prezidentiga qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligi ehtimolini ham ochiqladi, bu qadam esa Pekinni g‘azablantirishi aniq.

 

Tramp brifingda jurnalistlarga Tayvan haqida boshqalardan ham ko‘p narsani bilishini va hozir Tayvan maslasi haqida bosh qotirayotganini aytgan.  Tramp Tayvan prezidenti bilan telefonda gaplashishini aytgan.

 

Agar Tramp rostdan ham shunday qilsa, u 1979-yildan buyon Tayvan rahbari bilan gaplashgan birinchi amaldagi prezident bo‘ladi. O‘shanda AQSh Xitoy Xalq Respublikasini tan olish doirasida Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzgan edi. Xitoy AQSh va Tayvanning yuqori martabali mulozimlari o‘rtasidagi har qanday aloqaga keskin qarshilik ko‘rsatib keladi.

 

Trampning bu yurishi teskari natija berishi ham mumkin: u qurol sotishni ma’qullasa, Pekinning g‘azabiga uchraydi yoki aksincha, amerikalik qonunchilarning Tayvanni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish bo‘yicha unga bosimini oshirishiga sabab bo‘ladi.

 

Tahlilchilarning fikricha, agar Si Tramp ma’muriyatini Tayvan masalasi uchun jazolamoqchi bo‘lsa, Xitoy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari buyurtmalarini to‘xtatib qo‘yishi yoki ko‘plab texnologik qismlar uchun zarur bo‘lgan nodir metallar eksportiga cheklovlarni kuchaytirishi mumkin. Ammo Si joriy yil oxirida AQShga davlat tashrifi bilan borishga rozi bo‘ldi va yangi muzokaralar hamda yangi kelishuvlar istiqbolidan Trampga ta’sir o‘tkazish uchun foydalanishi mumkin.

 

Tayvan prezidenti kun tartibiga berilgan zarba

 

 

Trampning sharhlari harbiy xarajatlarni oshirish va Amerika qurollarini sotib olishga qattiq intilayotgan Tayvan prezidenti Lay uchun muvaffaqiyatsizlik sifatida ko‘rilishi shubhasiz.

 

Tayvan qonunchilari nihoyat AQShdan ikkita qurol paketini sotib olish uchun 25 milliard dollarlik maxsus mablag‘ni yoqlab ovoz berishganda, Layning o‘z partiyasidan bo‘lgan deputatlar ovoz bermagan edi, chunki bu mablag‘ ichiga mahalliy dronlar va boshqa qurollar xarajatlari kiritilmagani sabbab bo‘lgan.

 

Nizolarni kuzatuvchi va ularni hal qilishga ko‘maklashuvchi Xalqaro inqiroz guruhi (ICG) tahlilchisi Uilyam Yangning aytishicha, Trampning so‘zlari Layning raqiblariga "osongina qurol beradi", ular prezidentni Vashingtonga o‘ta qaram bo‘lib qolganlikda ayblashmoqda.

 

Xitoy bilan mustahkamroq aloqalar tarafdori bo‘lgan Tayvanning asosiy muxolif partiyasi — Gomindan (Milliy partiya) siyosatchilari Trampning gaplari Layning laqma ekanligini ko‘rsatganini aytib chiqishdi.

 

Lay davrida Tayvan Xitoyning kengayib borayotgan armiyasiga qarshi tura oladigan, asosan AQSh qurollarini sotib olish hisobiga shakllangan, raketalar va havo mudofaasi texnologiyasiga ega tezkor, mobil armiya tuzishga harakat qildi. Tramp o‘tgan yili 11 milliard dollarlik paketni ma’qullagan edi, Pekin bunga javoban orol yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

 

Navbatdagi 14 milliard dollarlik paketga kelsak, Tramp faqatgina: "Yaqin vaqt ichida bir qarorga kelaman", — deyish bilan cheklandi.

 

Fox News telekanaliga bergan intervyusida Tramp Tayvanning yarimo‘tkazgichlar (chiplar) ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi tajribasini noqonuniy yo‘llar bilan qo‘lga kiritgani va shuning uchun AQShdan qarzdor ekani haqidagi azaliy ayblovini yana takrorladi. U, shuningdek, AQSh minglab mil uzoqlikda joylashgan bir paytda, orolning Xitoy hujumi qarshisidagi zaifligini urg‘uladi.

 

"Ular bizning chip sanoatimizni o‘g‘irlashdi", — dedi Tramp Tayvan haqida. "Tayvanga biroz hovuridan tushish aqllilik bo‘lar edi. Xitoyga ham biroz hovuridan tushish oqillik bo‘lgan bo‘lardi".

 

Uchrashuv davomida Tayvan masalasi eng keskin nuqtaga aylandi. Si Szinpin Trampni ogohlantirib, Xitoy o‘z hududining bir qismi deb hisoblaydigan ushbu orol bilan bog‘liq xatolarga yo‘l qo‘yilishi "to‘qnashuvlar va hatto harbiy mojarolarga olib kelishi, butun munosabatlarni katta xavf ostiga qo‘yishi" mumkinligini aytdi.

 

 

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"