Jahon

AQSh va Isroil Eronga qarshi yangi zarbalarni boshlashi mumkin — NYT

AQSh harbiylari sulhdan keyin to‘xtatilgan “Epik G‘azab” operatsiyasini qayta tiklash rejasini tayyorlamoqda.

AQSh va Isroil Eronga qarshi yangi zarbalarni boshlashi mumkin — NYT

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan yangi harbiy operatsiyalarni boshlash ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The New York Times nashriga tayanib, NDTV World xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Tramp Xitoy safaridan qaytgach, Oq uy va Pentagon diplomatik muzokaralardagi boshi berk vaziyatni harbiy yo‘l bilan hal qilish variantlari ustida ishlashni kuchaytirgan. Xususan, AQSh harbiylari o‘tgan oygi sulhdan keyin to‘xtatilgan “Epik G‘azab” operatsiyasini qayta tiklash rejasini tayyorlamoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, AQSh va Isroil kuchlari sulhdan buyon eng yirik qo‘shma tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Ehtimoliy zarbalar kelasi haftadayoq boshlanishi mumkinligi aytilmoqda.

 

Ayni paytda xalqaro vositachilar strategik ahamiyatga ega Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish bo‘yicha murosa izlayotgan bo‘lsa-da, Tramp Eronning navbatdagi tinchlik taklifini rad etgan.

 

“Men hujjatga qaradim. Agar birinchi jumlasi yoqmasa, uni shunchaki tashlab yuboraman”, degan Tramp Pekindan qaytayotib Air Force One bortida jurnalistlarga.

 

AQSh prezidenti Xitoy raisi Si Szinpin bilan muzokaralarda Eron masalasi ham muhokama qilinganini tasdiqlagan. Trampning aytishicha, Vashington va Pekin “Eron yadroviy qurolga ega bo‘lolmaydi” degan masalada umumiy pozitsiyaga ega.

 

Shuningdek, Tramp Si Szinpin Hormuz bo‘g‘ozining ochilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirganini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Eron so‘nggi ikki yarim hafta davomida bo‘g‘oz orqali deyarli savdo amalga oshirmagan va bu kuniga taxminan 500 million dollarlik yo‘qotishga teng.

 

Reuters xabariga ko‘ra, muzokaralarda Tayvan masalasi ham asosiy mavzulardan biri bo‘lgan. Si Szinpin Trampni Tayvan yuzasidan keskinlik AQSh va Xitoy o‘rtasida to‘qnashuvga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"