Madaniyat

“Sehrli chapaqay”: Sport va oilaviy qadriyatlar haqida yangi film

Film yoshlarni vatanparvarlik, qat’iyat va sog‘lom turmush tarziga ruhlantirishni maqsad qilgan.

“Sehrli chapaqay”: Sport va oilaviy qadriyatlar haqida yangi film

15-may kuni “Renessans kino uyi”da “Sehrli chapaqay” badiiy filmining yopiq namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Kinematografiya agentligi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, “Your Films Entertainment”, O‘FF hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida tashkil etildi.

 

 

Film sport, oila va jamiyat qadriyatlarini aks ettiruvchi hayotiy voqealar asosida suratga olingan bo‘lib, tomoshabinga ruhiy motivatsiya, ishonch va g‘alabaga intilish hissini ulashadi.

 

Shuningdek, kartinada farzandlarni ularning qobiliyatidan kelib chiqib kasbga yo‘naltirish va bu yo‘lda ularni qo‘llab-quvvatlash g‘oyasi ham ilgari suriladi.

 

Film syujeti ota va bola o‘rtasidagi munosabatlar, ona mehri, tarbiya, do‘stlik hamda jamoa ruhiga qurilgan. Voqealar davomida bosh qahramonning murakkab hayot yo‘li, sportdagi sinovlari, mag‘lubiyat va umidsizliklarga qarshi kurashi, shuningdek, qat’iyat bilan maqsad sari intilishi dramatik tarzda yoritiladi.

 

Ta’kidlanishicha, “Sehrli chapaqay” faqat sport haqida emas, balki insoniylik, halollik, adolat va kuchli iroda haqida hikoya qiluvchi film hisoblanadi. Kartina markazida farzandi kamoli uchun kurashadigan ota obrazi orqali chuqur hayotiy ibrat g‘oyasi ilgari surilgan.

 

Film yoshlarni vatanparvarlik, qat’iyat va sog‘lom turmush tarziga ruhlantirishni maqsad qilgan. Shu bilan birga, unda mamlakatda sport sohasida olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning amaliy natijalari ham keng jamoatchilikka namoyish etiladi.

 

Film ssenariysi muallifi va rejissyori — Habibulloh Haydar. Prodyuser — Fozil Yunusov. Asosiy rollarni Sirojiddin Sattorov, Muhammad Nurmuhammadov, Tohir Saidov, Shahlo Temirova, O‘lmas Temur, Ardasher Abdulhayev o‘g‘li hamda Murod Nasimov ijro etgan.

 

Abdullayeva Shaxrizoda

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklar tanqid qilinib, yil yakuniga qadar namunali ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi belgilandi.

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

Iskandar Makedonskiy va Roksana tarixiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film yaratish tashabbusi ilgari surildi.

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Tadbir ikki qardosh xalq madaniyatini o‘zaro targ‘ib etish hamda do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgan madaniy voqea sifatida baholandi.

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Minsk shahridagi “Pobeda” kinoteatrida “O‘zbek kinosi kunlari” tantanali ravishda ochildi. O‘zbek filmlari belarus tomoshabinlariga namoyish etilmoqda.