O'zbekiston

Toshkentdan Guanchjouga uchayotgan samolyotni chaqmoq urdi

Hodisadan so‘ng samolyot texnik ko‘rik va ta’mirlash ishlari uchun foydalanishdan chiqarilgan.

Toshkentdan Guanchjouga uchayotgan samolyotni chaqmoq urdi

 

Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent–Guanchjou–Toshkent yo‘nalishidagi reyslardan birining kechikishiga samolyotga chaqmoq urilgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

 

Aviakompaniya matbuot xizmatiga ko‘ra, 16-may kuni amalga oshirilgan C6511D/C6512D “Toshkent – Guanchjou – Toshkent” reysi avvalgi parvoz davomida samolyotga chaqmoq urilgani sababli sezilarli darajada kechiktirilgan.

 

Qayd etilishicha, hodisadan so‘ng havo kemasi darhol foydalanishdan chiqarilib, kompleks texnik ko‘rik, diagnostika hamda zarur ta’mirlash ishlari uchun yuborilgan.

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, aviakompaniya mazkur yo‘nalishdagi reysni boshqa samolyot orqali amalga oshirishga qaror qilgan.

 

Shuningdek, kompaniya majburiy kutish davrida barcha yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirilgani va kuniga uch mahal ovqat bilan ta’minlanganini bildirgan.

Yangilangan parvoz jadvaliga ko‘ra, C6512D Guanchjou–Toshkent reysi 18-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:25 da jo‘nab, Toshkentga 00:50 da yetib kelishi rejalashtirilgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"