O'zbekiston

Kattaqo‘rg‘onda sobiq hokim o‘rinbosari olgan porasini qaytarayotganida qo'lga tushdi

Bulung‘ur tumanida esa soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari pora olayotgan vaqtida ushlandi.

Kattaqo‘rg‘onda sobiq hokim o‘rinbosari olgan porasini qaytarayotganida qo'lga tushdi

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Samarqand viloyatida korrupsiyaga oid ikki holat fosh etildi. 



Birinchi holatda, Bulung‘ur tumanida faoliyat yurituvchi “Buxgalteriya markazi” davlat muassasasi hisobchisi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligiga hisoblangan 150 million so‘mlik soliq qarzdorligini mansabdor tanishlari orqali kamaytirib berishni va’da qilgan.



Ma’lum qilinishicha, u fermer xo‘jaligi rahbaridan dastlab 3 million so‘m olgan, keyinchalik esa qo‘shimcha 15 million so‘m talab qilgan. Tezkor tadbir davomida ushbu mablag‘ni Bulung‘ur tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari bilan birgalikda olayotgan vaqtida gumonlanuvchilar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.



Ikkinchi holatda esa, 2025-yilda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan shaxs fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 14 million so‘m olgani aniqlangan.



Tergovga ko‘ra, u o‘z va’dasini bajarmagan. Tezkor tadbir davomida sobiq mansabdor muqaddam olgan mablag‘ hisobidan 1000 AQSH dollarini qaytarayotgan vaqtida uning noqonuniy harakatlari fosh etilgan.



Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"