O'zbekiston

Andijonda noqonuniy dori ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi

Tezkor tadbir davomida 100 turdagi 500 mingdan ortiq tayyor mahsulot ashyoviy dalil sifatida olingan.

Andijonda noqonuniy dori ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi

 

Bojxona qo'mita matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Andijon viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy laboratoriya aniqlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon shahridagi manzillardan birida faoliyat yuritgan 4 ta yuridik shaxs “oziq-ovqat mahsulotlari uchun kimyoviy qo‘shimchalar” ishlab chiqarish niqobi ostida sifati kafolatlanmagan dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni noqonuniy ravishda tayyorlab kelgan.

 

                                             

 

Tekshiruv davomida yashirin sexda aholi orasida keng tarqalgan “Vitamix”, “Gegsi”, “Ferrumfer”, “Winds Baby”, “Lyuvit”, “Yodovit”, “Gepporooz”, “Bifidolin” va “Yodoplyus” kabi jami 100 turdagi mahsulot ishlab chiqarilgani aniqlangan.

 

                                         

 

Qayd etilishicha, ushbu mahsulotlar orasida bolalar uchun mo‘ljallangan siroplar, og‘riq qoldiruvchi vositalar, bo‘g‘im va teri kasalliklariga qarshi preparatlar, qon ko‘paytiruvchi vositalar, turli shamchalar hamda maxsus choylar ham mavjud bo‘lgan.

 

Tezkor tadbir davomida manzildan 13 dona ishlab chiqarish uskunasi, 6 dona muhr, mahsulotlarga yaroqlilik muddatini tushirish qurilmalari, 214 ming dona yozuvsiz bo‘sh shisha idish, 78 ming dona bo‘sh kapsula, 503 mingdan ortiq tayyor dori vositalari va biologik qo‘shimchalar hamda 105 kilogramm nomsiz kukun moddalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

                                           

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, musodara qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati qariyb 5 milliard so‘mni tashkil etadi.

 

                                           

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"