O'zbekiston

Toshkent shahar hokimiga piyodalar xavfsizligi bo‘yicha senator so‘rovi yuborildi

Bektemir tumani Nurafshon mahallasida bog‘cha va maktab yo‘qligi tufayli bolalar hayoti xavfga qo‘yilmoqda. Ular Mirobod tumanidagi taʼlim muassasalariga borish uchun Toshkent halqa avtomobil yo‘lini kesib o‘tishga majbur bo‘lyapti. Senator o‘z so‘rovida Shavkat Umrzoqovdan ko‘riladigan choralar yuzasidan axborot berishni so‘ragan.

Toshkent shahar hokimiga piyodalar xavfsizligi bo‘yicha senator so‘rovi yuborildi

 

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovga so‘rov yubordi. Unda Bektemir tuman aholisini xavotirga solayotgan muammolar tilga olingan.

 

Xususan, tumanning Nurafshon mahallasida maktabgacha taʼlim tashkiloti va umumtaʼlim maktabi yo‘qligi tufayli, bolalar Toshkent halqa avtomobil yo‘lini majburan kesib, qo‘shni Mirobod tumaniga qatnayotgani aniqlangan.

 

Senat ishchi guruhi o‘rganishlari davomida, Nurafshon mahallasi Porloq ko‘chasini Mirobod tumani Qo‘yliq ota ko‘chasi bilan bog‘lovchi yerosti piyodalar o‘tish yo‘lagini qurish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilayotgani maʼlum bo‘lgan.

 

“Shu munosabat bilan senator so‘rovida mazkur loyiha 2026-yil dasturiga kiritilgan-kiritilmagani, uni amalga oshirish uchun zarur mablag‘ ajratilgani, mablag‘ ajratilmagan bo‘lsa, muammoni hal etish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotgani haqida maʼlumot taqdim etish so‘ralgan”- deyiladi axborotda.

 

Shuningdek, so‘rovda ushbu yo‘lak  foydalanishga topshirilgunga qadar vaqtinchalik piyodalar o‘tish joyi tashkil etish, svetofor o‘rnatish yoki yo‘l-patrul xizmati xodimlarining doimiy nazoratini yo‘lga qo‘yish yuzasidan batafsil axborot berish qayd etilgan.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.