Madaniyat

Mardin Biyennalesi 2026: qadimiy shahar jahon zamonaviy sanʼati markaziga aylandi

21-iyunga qadar davom etadigan 7-Mardin biyennalesi dunyoning qariyb 20 mamlakatidan 40 dan ortiq ijodkorni bir maydonga jamlamoqda.

Mardin Biyennalesi 2026: qadimiy shahar jahon zamonaviy sanʼati markaziga aylandi

Bugungi kunda Turkiya nafaqat sayyohlik salohiyati, balki sanʼat va madaniy tadbirlari bilan ham dunyo eʼtiborini tortmoqda. Mamlakatning turli hududlarida o‘tkazilayotgan festival, biyennale va sanʼat anjumanlari mahalliy hamda xalqaro sayyohlar qiziqishini oshirib, Turkiya madaniy hayotiga yangi mazmun va rang-baranglik baxsh etmoqda.  

 

Shu yilning 15-mayidan 21-iyuniga qadar davom etadigan 7-Mardin biyennalesi dunyoning qariyb 20 mamlakatidan 40 dan ortiq ijodkorni bir maydonga jamlamoqda. Mazkur tadbir Mardin shahrining o‘ziga xos tarixiy-madaniy muhiti, betakror meʼmorchiligi va boy qadimiy merosini tanitish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

 

Xalqaro Biyennalelar Assotsiatsiyasi (IBA) aʼzosi bo‘lgan Mardin biyennalesi dastlab 2010 yilda Janubi-sharqiy Onado‘lining bebaho durdonasi sanalgan Mardinni zamonaviy sanʼatning muhim markazlaridan biriga aylantirish maqsadida tashkil etilgan. Loyiha sanʼat tili orqali mintaqaga yangi qarashlar, ijodiy yondashuvlar va madaniy tafakkur olib kirishni ko‘zda tutadi.  

 

                                         

 

Turkiya va Yevropaning qator mamlakatlarida ko‘plab ko‘rgazma hamda sanʼat loyihalariga rahbarlik qilgan Chelenk Bafra boshchiligidagi ushbu biyennale bu yil “GÖKzemin” (“Osmon-zamin”) mavzusi ostida o‘tkazilmoqda.

 

Biyennale osmon va zamin, shaxs va jamiyat, o‘tmish va kelajak kabi bir-biriga qarama-qarshi ko‘rinadigan tushunchalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni badiiy talqin etadi. Dasturdan turli sanʼat asarlari namoyishi bilan bir qatorda rassomlar ishtirokidagi mahorat darslari, mutolaa va muhokama tadbirlari, ijodiy uchrashuvlar hamda musiqiy chiqishlar ham o‘rin olgan.

 

Bu yilgi biyennale avvalgi yillardan farqli ravishda o‘z doirasini kengaytirib, Eski Mardin bilan cheklanib qolmay, butun mintaqa bo‘ylab turli tarixiy va madaniy maskanlarni qamrab oladi. Tadbirlar qadimiy Dara shahri, Deyrulzafaron monastiri, Atesh beylar hammomi, Eski Mardindagi Sakip Sabanji muzeyi hamda qator jamoat maydonlarida o‘tkazilmoqda.

 

                                       

 

Mardin: tarix, madaniyat va gastronomiya uyg‘unlashgan maskan

Qadimgi sivilizatsiyalar va savdo yo‘llari chorrahasida joylashgan Mardin Janubi-sharqiy Onado‘lining yashirin durdonalaridan biridir. Ko‘pincha “ochiq osmon ostidagi muzey” deya taʼriflanadigan shahar ming yillar davomida shakllangan Yuqori Mesopotamiyaning ko‘p qatlamli madaniy merosini o‘zida mujassam etgan. Shaharning meʼmoriy qiyofasida turli xalqlar va madaniyatlarning izlarini ko‘rish mumkin.

 

                                         

 

Mardinning eng mashhur tarixiy obidalari qatoriga Mardin Ulujome masjidi, Deyrulzafaron monastiri, Mor Behnam cherkovi, Zinjiriye va Qosimiya madrasasi kiradi. Bundan tashqari, Midyat tumanidagi Mor Gabriyel monastiri hamda ko‘pincha “Mesopotamiyaning Efesi” deb ataladigan Dara qadimiy shahri mintaqaning boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

 

Mardinning boy madaniy merosi uning gastronomiyasida ham o‘z aksini topgan. Anʼanaviy Mardin nonushtasi, mahalliy ziravorlar bilan tayyorlanadigan go‘shtli taomlar, geografik ko‘rsatkichga ega sembusek va ichli ko‘fte shaharning eng mashhur taomlari sirasiga kiradi.

 

Qadimiy obidalar, o‘ziga xos “abbara” yo‘laklari, anʼanaviy “dibek” qahvasi, nafis telkari uslubidagi kumush taqinchoqlar hamda teri parvarishida qo‘llaniladigan tabiiy “bittim” sovuni kabi mahalliy mahsulotlar Mardin sayohatini yana-da unutilmas qiladi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

Bokuda O‘zbekiston va Ozarbayjonning mushtarak tarixiy merosi, islom sivilizatsiyasi va ilmiy hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

Malayziyaning BERNAMA milliy axborot agentligi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro ilmiy hamkorligi va BMT kutubxonasi hamda arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosi, mintaqaning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar BMT kutubxonasiga sovg‘a qilindi.

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Unda Sohibqiron va Temuriylar merosi, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya olimlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

Unda 300 dan ortiq olim, diplomat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.