Madaniyat

Biz uchun maqom hamma narsa — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri maqom san’ati o‘zbek xalqining ma’naviy merosi va milliy o‘zligini namoyon etuvchi muhim qadriyat ekanini ta’kidladi.

Biz uchun maqom hamma narsa — Ozodbek Nazarbekov

Namanganda o'tkazilayotgan Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida OAV vakillariga intervyu bergan Madaniyat vaziri maqom san’atini o‘zbek xalqining ma’naviy va madaniy boyligi sifatida ta’rifladi. Bu haqda Zamon.uz muxbiri xabar bermoqda.

 

Ozodbek Nazarbekovning ta’kidlashicha, maqom o‘zida tarbiya, ma’rifat, tarix va insoniy qadriyatlarni mujassam etgan bo‘lib, millatning dunyodagi hech kimga o‘xshamaydigan qirralarini namoyon etadi. U maqomni ilmiy asoslari mustahkam, chuqur o‘rganishni talab qiladigan mukammal san’at turi ekanini qayd etdi.

 

"Biz uchun maqom hamma narsa. Biz o‘zbek xalqi uchun maqom aynan hamma narsa. Bu aynan tarbiya, bu ma’rifat, bu insoniylik, bu ezgulik, bu yaxshilik. Ilm hamma narsa bor. Maqom ichida hamma narsa bor. Tariximiz ham bor va eng muhimi, millatimizning shakli bor. Maqom maqomimizda aynan bizning hech kimga o‘xshamagan qirramizni aynan maqomda ko‘rsatishimiz mumkin", dedi vazir.

 

Shuningdek, vazir yoshlar orasida maqomga qiziqishni yanada oshirish zarurligini ta’kidlab, bu merosni asrab-avaylash va kelajak avlodga to‘liq yetkazish muhimligini bildirdi.

 

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

Bokuda O‘zbekiston va Ozarbayjonning mushtarak tarixiy merosi, islom sivilizatsiyasi va ilmiy hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

Malayziyaning BERNAMA milliy axborot agentligi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro ilmiy hamkorligi va BMT kutubxonasi hamda arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosi, mintaqaning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar BMT kutubxonasiga sovg‘a qilindi.

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Unda Sohibqiron va Temuriylar merosi, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya olimlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

Unda 300 dan ortiq olim, diplomat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.