Madaniyat

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Tadbir ikki qardosh xalq madaniyatini o‘zaro targ‘ib etish hamda do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgan madaniy voqea sifatida baholandi.

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan “Ozarbayjon madaniyatining yozgi maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, Ganja-Dashkasan mintaqaviy madaniyat boshqarmasi hamda Fikrat Amirov nomidagi Ganja davlat filarmoniyasi hamkorligida filarmoniyaning yozgi zalida “Do‘stlik” nomli konsert dasturi taqdim etildi.

 

 

Ozarbayjon va O‘zbekiston san’atkorlarining birgalikdagi chiqishlari namoyish etilgan madaniy tadbirda davlat va san’at arboblari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, talabalar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda mahalliy aholi ishtirok etdi.

 

Tadbirning ochilishida so‘zga chiqqan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Akif Marifli loyiha Ozarbayjon va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi madaniy muloqotni yanada kengaytirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. 

 

 

U bunday tashabbuslar ikki qardosh xalqning boy madaniy merosini o‘zaro targ‘ib etishga, ayniqsa, Ozarbayjon va O‘zbekiston yoshlari o‘rtasidagi madaniy, gumanitar va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi.

 

Shuningdek, u ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash hamda strategik sheriklikni yanada yuqori darajaga olib chiqish yo‘lida ko‘rsatayotgan alohida e’tibor va siyosiy iroda uchun Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti janob Ilhom Aliyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti janob Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

 

 

Ozarbayjonning Xalq artisti, Fikrat Amirov nomidagi Ganja davlat filarmoniyasi direktori Aygun Samadzoda hamda Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi Ganja bo‘limi raisining ilmiy ishlar va raqamli rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari, dotsent Alimuxtar Muxtarov o‘z chiqishlarida Ozarbayjon va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi munosabatlar umumiy tarixiy ildizlar, boy madaniy meros, milliy-ma’naviy qadriyatlar va qadimiy musiqa an’analariga asoslanganini ta’kidladilar. 

 

 

Qayd etildiki, bunday madaniy loyihalar yosh avlodning milliy merosga sadoqatini mustahkamlash, xalqlarimiz o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarni kelajak avlodlarga yetkazish, shuningdek, ikki mamlakatning ilm-fan, madaniyat va san’at namoyandalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga muhim hissa qo‘shadi.

 

Shundan so‘ng tadbir rang-barang musiqiy-badiiy dastur bilan davom etdi. Konsertda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Xarıbülbül” teatr truppasi a’zolari hamda Fikrat Amirov nomidagi Ganja davlat filarmoniyasi solistlari Ozarbayjon va O‘zbekiston madaniyatining boy musiqa va raqs namunalarini namoyish etdilar.

 

Umuman olganda, konsert dasturi Ozarbayjon va O‘zbekiston yoshlari o‘rtasidagi ijodiy aloqalarni kengaytirish, ikki qardosh xalq madaniyatini o‘zaro targ‘ib etish hamda do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgan madaniy voqea sifatida baholandi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

Bokuda O‘zbekiston va Ozarbayjonning mushtarak tarixiy merosi, islom sivilizatsiyasi va ilmiy hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

Malayziyaning BERNAMA milliy axborot agentligi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro ilmiy hamkorligi va BMT kutubxonasi hamda arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosi, mintaqaning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar BMT kutubxonasiga sovg‘a qilindi.

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Unda Sohibqiron va Temuriylar merosi, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya olimlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

Unda 300 dan ortiq olim, diplomat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.