Madaniyat

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

Iskandar Makedonskiy va Roksana tarixiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film yaratish tashabbusi ilgari surildi.

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xizmat safari doirasida Gretsiyada bo‘lib, Gretsiya madaniyat vaziri Lina Mendoni bilan muzokaralar o‘tkazdi.

 

 

Afina shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Gretsiya hukumatlari o‘rtasida 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan Madaniy hamkorlik dasturi imzolandi. Tomonlar hujjat ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni tizimli rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

 

Muzokaralarda hamkorlik dasturining amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘shma “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olindi. Unda amalga oshiriladigan tadbirlar, muddatlar va mas’ul tashkilotlar belgilanadi.

 

 

Shuningdek, tomonlar Gretsiyada “O‘zbekiston madaniyati haftaligi” va O‘zbekistonda “Gretsiya madaniyati haftaligi”ni muntazam o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Ushbu tadbirlar doirasida konsertlar, teatr tomoshalari, ko‘rgazmalar, kino kunlari, hunarmandchilik va milliy taomlar taqdimotlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Uchrashuvda muzeylar o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, tarixiy-madaniy merosni asrash, qo‘shma ko‘rgazmalar va restavratsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

 

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Gretsiya olimlari ishtirokida qo‘shma arxeologik ekspeditsiyalarni tashkil etish, shuningdek, Iskandar Makedonskiy va Roksana tarixiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film yaratish tashabbusi ilgari surildi.

 

 

Tomonlar yosh ijodkorlar, dizaynerlar, musiqachilar va san’at vakillari uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda kreativ industriyalar sohasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashdi.

 

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat vakillari imzolangan hamkorlik dasturi O‘zbekiston va Gretsiya o‘rtasidagi madaniyat, san’at, ilm-fan va kreativ sohalardagi uzoq muddatli strategik sheriklikni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

Bokuda O‘zbekiston va Ozarbayjonning mushtarak tarixiy merosi, islom sivilizatsiyasi va ilmiy hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

Malayziyaning BERNAMA milliy axborot agentligi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro ilmiy hamkorligi va BMT kutubxonasi hamda arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosi, mintaqaning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar BMT kutubxonasiga sovg‘a qilindi.

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Unda Sohibqiron va Temuriylar merosi, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya olimlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

Unda 300 dan ortiq olim, diplomat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.