Madaniyat

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklar tanqid qilinib, yil yakuniga qadar namunali ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi belgilandi.

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlarning ijrosi muhokama qilinib, poytaxt madaniyat boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi.

 

 

21-avgust kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Toshkent shahrida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, islohotlarning ijrosi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Unda Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Azizxon Shovkatov, Madaniyat vazirligi markaziy apparati rahbarlari hamda poytaxtdagi madaniyat va san’at sohasi mas’ullari ishtirok etdi.

 

 

Yig‘ilishda madaniyat markazlari faoliyatini transformatsiya qilish, sohaga tadbirkorlarni jalb etish uchun imtiyozlar joriy etish, madaniyat, san’at va adabiyot yo‘nalishlarida 21 ta ijodiy birlashma tashkil etish kabi ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

 

Shuningdek, bolalar musiqa maktablari o‘qituvchilarining ish haqi umumta’lim maktablari o‘qituvchilari maoshiga tenglashtirilgani, 16 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat va 3 ta oliy maktab tashkil etilgani ta’kidlandi. Ijodkor yoshlar va ustozlarni moliyaviy rag‘batlantirish, uy-joy, ijara haqi, davolanish hamda tibbiy sug‘urta bo‘yicha qator imtiyozlar belgilangan.

 

Vazir Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ijrosi yetarli darajada emasligini tanqid qildi. U soha xodimlari 2026-yil 21-apreldagi 150-son qaror va 2-iyundagi 103-son Farmonda belgilangan vazifalarni chuqur o‘zlashtirib, ularni amaliyotga samarali tatbiq etishi zarurligini ta’kidladi.

 

 

Yig‘ilishda kadrlar masalasi ham ko‘rib chiqildi.

 

Bekzod Baxromov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bungacha mazkur boshqarmada rahbar o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

 

 

Shukurillo Isroilov esa Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida badiiy so‘z ustasi bo‘lib ishlagan.

 

 

Yig‘ilish yakunida Toshkent shahri yil oxirigacha madaniyat va san’at sohasining barcha yo‘nalishlarida namunali ko‘rsatkichlarga erishishi lozimligi ta’kidlandi. Yangi tayinlangan rahbarlar zimmasiga islohotlarni samarali amalga oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

Iskandar Makedonskiy va Roksana tarixiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film yaratish tashabbusi ilgari surildi.

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Tadbir ikki qardosh xalq madaniyatini o‘zaro targ‘ib etish hamda do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgan madaniy voqea sifatida baholandi.

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Minsk shahridagi “Pobeda” kinoteatrida “O‘zbek kinosi kunlari” tantanali ravishda ochildi. O‘zbek filmlari belarus tomoshabinlariga namoyish etilmoqda.