Madaniyat

III Xalqaro maqom san’ati anjumanidagi tanlovda Gran-prini O'zbekiston vakili qo'lga kiritdi

Namangan shahrida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida o'tkazilgan III Xalqaro maqom san’ati anjumani muvaffaqiyatli yakunlandi.

III Xalqaro maqom san’ati anjumanidagi tanlovda Gran-prini O'zbekiston vakili qo'lga kiritdi

2026-yilning 23–26-iyun kunlari Namangan viloyatining Namangan shahrida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida III Xalqaro maqom san’ati anjumani yuksak saviyada tashkil etilib, muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Zamon.uz muxbiri xabar berdi.

 

 

O‘zbekistonda uchinchi marotaba o‘tkazilgan anjumanda YUNESKO, AYSESKO, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, TURKSOY, Turkiy Parlament Assambleyasi, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda boshqa xalqaro tuzilmalar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning madaniyat vazirlari, elchilar, 80 dan ortiq davlatdan 250 ga yaqin madaniyat va san’at vakillari ishtirok etdi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev III Xalqaro maqom san’ati anjumanining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Davlat rahbari anjuman ishtirokchilari va mehmonlarini samimiy qutlab, o‘z nutqida maqom san’atining insoniyat madaniy merosidagi beqiyos o‘rni, xalqimiz ma’naviy hayotidagi ahamiyati, milliy musiqa an’analarini asrab-avaylash, ilmiy asosda o‘rganish va kelajak avlodlarga yetkazish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida alohida to‘xtaldi.

 

 

Ochilish marosimidan so‘ng Prezident anjumanning tantanali gala-konsert dasturini tomosha qildi. Konsertda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan mashhur maqom ijrochilari, folklor va etno-jamoalar, milliy orkestrlar hamda san’at ustalarining yorqin chiqishlari namoyish etildi.

 

Shuningdek, anjuman doirasida qator ilmiy-amaliy va madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Xususan, "Sharq maqomining yangi tendensiyalari: an’ana va innovatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik" mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etildi. 

 

 

Unda O‘zbekiston va xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, musiqashunoslar, san’atshunoslar hamda tadqiqotchilar Sharq maqom san’atining bugungi taraqqiyot bosqichlari, zamonaviy talqinlari, ilmiy izlanishlar, innovatsion yondashuvlar va xalqaro hamkorlik masalalari yuzasidan ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Konferensiya yakunida maqom san’atini asrab-avaylash va uni xalqaro miqyosda yanada keng targ‘ib etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

 

Shu bilan birga, "Sharq maqomoti an’analari va yoshlar: meros, ta’lim va kelajak istiqbollari" mavzusida yosh olimlar ishtirokidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Unda maqom san’atining ilmiy tadqiqi, uni ta’lim tizimida rivojlantirish, yosh avlodni milliy musiqa merosi ruhida tarbiyalash, maqom maktablarining istiqbollari va zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, keng muhokamalar olib borildi.

 

 

Anjuman doirasidagi xalqaro tanlovda 18 ta mamlakat vakillari ishtirok etdi. Unda Ozarbayjon, Pokiston, Qirg‘iziston, Hindiston, Niderlandiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkiya, Suriya, Gruziya, Koreya, Yaponiya, Turkmaniston, Xitoy, Armaniston, Eron Mo'g'uliston va O‘zbekistonning taniqli ijodiy jamoalari hamda yakkaxon ijrochilari o‘z san’at namunalarini namoyish etdilar.

 

 

Tanlov ishtirokchilarining chiqishlari Ozarbayjon, Fransiya, Turkiya, Serbiya, Quvayt, Kanada va O‘zbekiston vakillaridan iborat xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

 

 

26-iyun kuni III Xalqaro maqom san’ati anjumanining tantanali taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘oliblari diplom, statuetka va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Jumladan:


3-o‘rin bilan taqdirlanganlar:

  • O‘zbekistonning "Yangi O‘zbekiston" maqom ansambli (Yunus Rajabiy, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqom ansambllari) — 2,5 ming AQSH dollari;
  • Tojikistonning Fazliddin Shahobov nomidagi Davlat "Shashmaqom" ansambli — 2,5 ming AQSH dollari;
  • Turkmanistonning "Turkman an’anaviy xalq musiqasining klassik triosi" — 2,5 ming AQSH dollari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti magistr xonandalar ansambli — 2,5 ming AQSH dollari.

 

2-o‘rin bilan taqdirlanganlar:

  • Qozog‘istonning "Qag‘an" etno-folklor ansambli — 3,5 ming AQSH dollari;
  • Gruziyalik Oshiq Nargile va "Ilaloni" ansambli — 3,5 ming AQSH dollari;
  • Turkiyalik Asude Chelebiog‘lu va Gerchek Ismail Haqqi — 3,5 ming AQSH dollari;
  • Yaponiyaning Shimonomoto Ayumi, "Koto no Kay" ansambli hamda CSPC–JAPAN jamoasi — 3,5 ming AQSH dollari.

 

1-o‘rin bilan taqdirlanganlar:

  • O‘zbekiston Davlat simfonik orkestri Milliy cholg‘ular ansambli — 5 ming AQSH dollari;
  • Ozarbayjonlik Kamila Nabiyeva va Mug‘om ansambli — 5 ming AQSH dollari;
  • Ozarbayjonlik Nuraddin Tagiyev va Teymur Jabrailov — 5 ming AQSH dollari;
  • Mongoliyaning "Syerendavaa Sogtgerel" guruhi — 5 ming AQSH dollari.

 

Tanlovning eng oliy mukofoti — Gran-pri O‘zbekiston vakili Orif Ergashevga nasib etdi. G‘olib 15 ming AQSH dollari bilan taqdirlandi.

 

Bundan tashqari anjuman doirasida faol ijrochilarni qo‘llab–quvvatlash  va rag‘batlantirish maqsadida, “Eng yaxshi maqom xonandasi”, “Eng yaxshi maqom sozandasi”, “Eng yaxshi maqom ustozi”, “Eng yaxshi maqom targ‘ibotchisi”, “Eng yaxshi yosh maqomchi”, “Eng yaxshi maqom bastakori” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi sovg‘a va mukofotlar bilan taqdirlandi. Anjumanning har bir ishtirokchisiga “Xalqaro maqom san’ati anjumani ishtirokchisi” sertifikati taqdim etildi.

 


 
Eslatib o‘tamiz, I Xalqaro maqom san’ati anjumani 2018-yilda Shahrisabz shahrida, II Xalqaro maqom san’ati anjumani esa 2024-yilda Jizzax viloyatining Zomin tumanida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan edi. Namanganda bo‘lib o‘tgan uchinchi anjuman ushbu nufuzli xalqaro madaniy loyiha izchil davom etayotganini yana bir bor namoyon etdi.

 

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

Bokuda O‘zbekiston va Ozarbayjonning mushtarak tarixiy merosi, islom sivilizatsiyasi va ilmiy hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

Malayziyaning BERNAMA milliy axborot agentligi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro ilmiy hamkorligi va BMT kutubxonasi hamda arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosi, mintaqaning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar BMT kutubxonasiga sovg‘a qilindi.

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Unda Sohibqiron va Temuriylar merosi, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya olimlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

Unda 300 dan ortiq olim, diplomat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.