Madaniyat

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Minsk shahridagi “Pobeda” kinoteatrida “O‘zbek kinosi kunlari” tantanali ravishda ochildi. O‘zbek filmlari belarus tomoshabinlariga namoyish etilmoqda.

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 7–8-iyul kunlari Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Mazkur madaniy tadbir ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash, san’at va madaniyat sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. 

 

 

Dastur doirasida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Belarus Respublikasi madaniyat vaziri Marat Markov bilan uchrashib, madaniyat, kino, teatr, muzey, kutubxona, madaniy ta’lim, kreativ industriya va raqamlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. 

 

 

Tomonlar qo‘shma ishchi guruh tashkil etish, madaniy loyihalarni amalga oshirish hamda vazirliklar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish muhimligini ta’kidladilar. Tashrif davomida delegatsiya Minskdagi Belarus IT Parki hamda A. Glebov nomidagi Minsk davlat amaliy san’at kolleji faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuvlarda madaniyat sohasini raqamlashtirish, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalarni madaniy merosni asrash, muzey va kutubxonalarni rivojlantirish hamda kreativ industriyaga keng joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

 

 

Shuningdek, Minsk shahridagi “Pobeda” kinoteatrida “O‘zbek kinosi kunlari” tantanali ravishda ochildi. Tadbirda o‘zbek va belarus kinoijodkorlari hamkorligi, yangi qo‘shma loyihalar hamda ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarining ahamiyati alohida e’tirof etildi. Dastur doirasida o‘zbek filmlari belarus tomoshabinlariga namoyish etilmoqda. 

 

 

Madaniyat kunlari doirasidagi asosiy tadbirlardan biri sifatida 8-iyul kuni Minskdagi “Respublika” saroyida o‘zbek san’at ustalari ishtirokida tantanali konsert dasturi hamda “Yangi O‘zbekiston” foto ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Konsert dasturida o‘zbek milliy va zamonaviy san’atining eng sara namunalari Belarus jamoatchiligiga taqdim etiladi. 

 

 

“O‘zbekiston madaniyati kunlari” ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash, xalqlarni san’at va madaniyat orqali yanada yaqinlashtirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

Unda 300 dan ortiq olim, diplomat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklar tanqid qilinib, yil yakuniga qadar namunali ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi belgilandi.

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

Iskandar Makedonskiy va Roksana tarixiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film yaratish tashabbusi ilgari surildi.