Ta'lim

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Adliya vazirligi tomonidan Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, bakalavriatning fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga kirishda B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fan bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi.

 

Shuningdek, ingliz tilidan beriladigan TOEFL iBT sertifikatining muvofiqlik darajasi endilikda 1–6 ballik tizim asosida belgilanadi.

 

Hujjatga muvofiq, pedagog xodimlarga ustama to‘lashda ingliz tilidan beriladigan TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlarining amal qilish muddati hisobga olinadi.

 

Bundan tashqari, kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglariga xorijiy tilda maxsus fanlarni o‘qitgani uchun B2 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lsa, lavozim maoshining 50 foizi, C1 darajasidagi sertifikat uchun esa 100 foizi miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, o‘qituvchilarga Digital SAT sertifikatining matematika bo‘limidan 750 va undan yuqori ball olgan taqdirda ham ustama belgilanadi.

 

Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatlar uchun ustama berilishi nazarda tutilgan.

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.