O'zbekiston

O‘zbekistonda shovqinning zararli ta’siri uchun kompensatsiya to‘lanadi

Sanepidqo‘mitaga ko‘ra, turar joy hududlari uchun ruxsat etilgan shovqin darajasi kunduzi 45 detsibel, kechasi esa 35 detsibel etib belgilangan.

O‘zbekistonda shovqinning zararli ta’siri uchun kompensatsiya to‘lanadi

Senatning 13-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqilib, ma’qullandi. Hujjat aholini ortib borayotgan shovqin ta’siridan himoya qilish, bu sohadagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish hamda zararli shovqin uchun kompensatsiya to‘lash tartibini belgilashni nazarda tutadi.

 

Majlisda ta’kidlanishicha, sanoat korxonalari sonining ko‘payishi, keng ko‘lamli qurilish ishlari, shaharlarning kengayishi va transport vositalari sonining ortishi natijasida aholining kundalik hayotida shovqinning salbiy ta’siri kuchayib bormoqda. Shu bilan birga, aholi salomatligi, osoyishtaligi va dam olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shovqinlarga qarshi kurashni kompleks tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas.

 

Senatning agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Sayyora Sapayevna Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga tayanib, shovqin inson salomatligiga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi ekologik xavf omillaridan biri ekanini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, doimiy yuqori darajadagi shovqin eshitish qobiliyatining pasayishiga, hatto karlikka olib kelishi ehtimoli bor.

 

Shuningdek, shovqin yurak-qon tomir va asab tizimi kasalliklari xavfini oshirishi, doimiy shovqin sharoitida esa insonlarning mehnat unumdorligi 10–30 foizga kamayishi kuzatilgan. Senatorning ta’kidlashicha, belgilangan me’yorlardan yuqori shovqin darajasi bolalar va yoshlar salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, maktab va bog‘chalar atrofidagi kuchli shovqin ta’lim sifatining yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda turar joy hududlari uchun ruxsat etilgan shovqin darajasi kunduzi 45 detsibel, tungi dam olish vaqtida esa 35 detsibel etib belgilangan.

 

Majlisda qayd etilishicha, shovqin bilan bog‘liq me’yorlarni nazarda tutuvchi yettita sanitariya norma va qoidasi amalda bo‘lsa-da, qonunchilikda bu boradagi qat’iy talablar yetarli darajada belgilanmagan. Natijada mazkur normalarga so‘zsiz rioya etilishi ta’minlanmayapti. Bundan tashqari, inson salomatligiga zarar yetkazuvchi va ruxsat etilgan darajadan yuqori shovqin keltirib chiqarayotgan obyektlarni javobgarlikka tortish mexanizmlari ham to‘liq va aniq belgilanmagan.

 

Qonun bilan aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishning umumiy qoidalari, ushbu sohadagi davlat organlarining vakolatlari hamda zarur chora-tadbirlar belgilab qo‘yilmoqda. Hujjatda fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan shovqin turlari, bunday shovqinlarga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqt oralig‘i, shuningdek, shovqinning zararli ta’siri uchun kompensatsiya to‘lovlariga oid normalar ham nazarda tutilgan.

 

Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarning aholini zararli shovqindan himoya qilish borasidagi huquq va majburiyatlari ham aniq belgilanmoqda.

 

Senator Sayyora Sapayevna qonun talablari tabiiy shovqinlarga, huquqbuzarliklarning oldini olish, qutqaruv xizmatlari, tez tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarda yuzaga keladigan shovqinlarga tatbiq etilmasligini bildirdi. 

 

Shuningdek, milliy bayramlar, ommaviy sport va madaniy tadbirlar hamda diniy marosimlar vaqtida yuzaga keladigan shovqinlar ham qonun doirasidagi cheklovlardan mustasno etiladi.

 

Senatorlar fikricha, mazkur qonunning qabul qilinishi aholini zararli shovqin ta’siridan himoya qilishga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish va fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.