O'zbekiston

Toshkentda yo‘lkira oshadi: yangi tariflar taklif qilindi

Naqd to‘lovda yo‘lkira 3 ming so‘m, elektron to‘lovda esa 2,5 ming so‘m etib belgilanishi mumkin.

Toshkentda yo‘lkira oshadi: yangi tariflar taklif qilindi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan tayyorlangan tegishli qaror loyihasi 4-sentyabr kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. Hujjat 19-sentyabrgacha jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi.

 

Loyihaga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabrdan Toshkent shahridagi avtobus va metro yo‘nalishlarida bir yo‘lovchi qatnovi uchun QQS bilan naqd to‘lovda 3 ming so‘m undirish taklif etilmoqda. Bir martalik elektron to‘lovda esa rag‘batlantiruvchi chegirma hisobiga yo‘lkira 2,5 ming so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

 

Bir yo‘lovchining bagajini tashish xizmati uchun QQS bilan 4 ming so‘m undirish taklif qilinmoqda.

 

Shuningdek, transport kartalaridan foydalanadigan yo‘lovchilar uchun qatnovlar soniga qarab tarif rejalari belgilanadi.

 

Faqat avtobusdan foydalanish uchun:

 

  • 1 kunlik — 11,5 ming so‘m;
  • 5 kunlik — 42,5 ming so‘m;
  • 7 kunlik — 54 ming so‘m;
  • 10 kunlik — 84,5 ming so‘m;
  • 15 kunlik — 127 ming so‘m;
  • 20 kunlik — 169,5 ming so‘m;
  • 30 kunlik va bir oylik — 250 ming so‘m.

 

Avtobus va metrodan birgalikda foydalanish uchun:

 

  • 1 kunlik — 13,5 ming so‘m;
  • 5 kunlik — 57,5 ming so‘m;
  • 7 kunlik — 73 ming so‘m;
  • 10 kunlik — 115,5 ming so‘m;
  • 15 kunlik — 173 ming so‘m;
  • 20 kunlik — 231 ming so‘m;
  • 30 kunlik va bir oylik — 345 ming so‘m.

 

Uzoq muddatli tariflarda ham chegirmalar nazarda tutilgan. Faqat avtobus uchun 3 oylik tarif 682,5 ming so‘m, 6 oylik 1,17 million so‘m va yillik tarif 1,95 million so‘m etib belgilanishi mumkin.

 

Avtobus va metrodan birgalikda foydalanish uchun esa 3 oylik tarif 945 ming so‘m, 6 oylik 1,62 million so‘m va yillik tarif 2,7 million so‘m bo‘lishi taklif etilmoqda.

 

Bundan tashqari, transport kartasidan foydalanganda bir soat ichida bir yo‘nalishdan boshqasiga o‘tish uchun imtiyozli va bepul tariflar joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Ayrim almashishlarda birinchi avtobus uchun 2,5 ming so‘m, ikkinchi transport uchun 1,5 ming so‘m to‘lanadi, uchinchi va keyingi transportga o‘tishda esa haq olinmaydi.

 

Qaror loyihasida mazkur tariflarni 1-oktyabrdan joriy etish taklif qilingan. Hujjat hozircha loyiha maqomida bo‘lib, uning yakuniy shakli jamoatchilik muhokamasidan keyin belgilanadi.

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Ayol Xabarovskda Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganligi sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatilgan.

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

2-noyabrga o‘tar kechasi havo sifati AQI bo‘yicha «nosog‘lom», milliy indeks bo‘yicha esa «zarg‘aldoq» darajaga yetishi mumkin.

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

U shifoxonaga yetkazilgani, hozirda ahvoli barqarorligi bildirildi.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.