O'zbekiston

O‘zbekistonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha 6 ta loyiha amalga oshiriladi

Yiliga 3,6 million tonna qattiq maishiy chiqindi qayta ishlanib, 1,6 milliard kVT elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

O‘zbekistonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha 6 ta loyiha amalga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, ularni qayta ishlash va elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

 

Qayd etilishicha, 2026-2027-yillarda chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha 6 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan. Ularning umumiy qiymati 933 million dollarni tashkil etadi. Loyihalar Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

 

1-sentyabr holatiga ko‘ra, ushbu loyihalar doirasida 286,8 million dollar investitsiya o‘zlashtirilgan. Mahalliy mahsulot va xizmatlar xaridi 76,6 million dollarga yetgan. Qurilish ishlariga 2 ming nafar mahalliy ishchi jalb etilgan.

 

Loyihalar Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida amalga oshiriladi. Qashqadaryo va Samarqanddagi zavodlarni 2026-yilda, qolgan hududlardagi quvvatlarni 2027-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.

 

Korxonalar to‘liq ishga tushgach, yiliga 3,6 million tonna qattiq maishiy chiqindi qayta ishlanadi hamda 1,6 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, “nol chiqindi” tamoyiliga bosqichma-bosqich o‘tish, poligonlarga yuklamani kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilash imkoni kengayadi.

 

Taqdimotda chiqindilardan energiya olish bo‘yicha Singapur, Janubiy Koreya, Xitoy kompaniyalarining yana 5 ta istiqbolli investitsiya loyihasi ham ko‘rib chiqildi. Ularning umumiy qiymati 625 million dollar bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlarida amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

 

Ushbu loyihalar natijasida yiliga 1,9 million tonna qattiq maishiy chiqindi qayta ishlanib, 635 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, 158 million kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinib, issiqxona gazlari hajmi 316 ming tonnaga kamaytiriladi.

 

Mutasaddilar poligonlar va chiqindi yoqish zavodlarini tashkil etish xarajatlari, yer maydonlariga ehtiyoj, budjet tushumlari va ekologik samaradorlik bo‘yicha taqqoslama tahlillarni taqdim qildi. Xorijiy tajriba asosida chiqindilarni atrof-muhitga minimal darajada ta’sir ko‘rsatgan holda yoqish va investorlar majburiyatlari bo‘yicha asosiy shartlar ko‘rib chiqildi.

 

Davlat rahbari loyihalarni jadallashtirish, investorlar uchun zarur infratuzilma va tashkiliy sharoitlarni yaratish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda sohada malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

 

Bu borada “Green University”, Samarqand davlat universiteti va Qarshi davlat universiteti bilan hamkorlikda chiqindi yoqish zavodlari uchun 1 ming nafar mutaxassisdan iborat kadrlar zaxirasini shakllantirish vazifasi belgilandi.

 

 

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.