O'zbekiston

O‘zbekistondan olib chiqib ketilgan madaniy boyliklarni qaytarish bo‘yicha komissiya tuziladi

Ichan-qal’a muzey-qo‘riqxonasi hududida “Olloqulixon karvonsaroyi” savdo markazini tashkil etish loyihasi alohida ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistondan olib chiqib ketilgan madaniy boyliklarni qaytarish bo‘yicha komissiya tuziladi

O‘zbekistondan turli tarixiy davrlarda olib chiqib ketilgan noyob tarixiy yodgorliklar, arxeologik ashyolar, nodir qo‘lyozmalar va san’at asarlarini izlash hamda mamlakatga qaytarish uchun Prezident huzurida maxsus komissiya tuziladi.

 

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevga madaniy merosni asrab-avaylash va rivojlantirish bo‘yicha taqdimotda ma’lum qilindi.

 

Komissiya madaniy boyliklarni tizimli izlash, ularni huquqiy himoya qilish va O‘zbekistonga qaytarish masalalari bilan shug‘ullanishi ko‘zda tutilgan.

 

Taqdimotda, shuningdek, tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtiruvchi yangi loyihalar ham ko‘rib chiqildi. Xususan, an’anaviy usullar va zamonaviy loyihalash, ishlab chiqarish hamda restavratsiya texnologiyalarini birlashtiradigan ixtisoslashtirilgan mozaika markazini tashkil etish taklif etilmoqda. Markaz Toshkent mozaika maktabini saqlash, mutaxassislar tayyorlash va monumental san’atning yangi yo‘nalishini rivojlantirish maydoniga aylanadi. Ichan-qal’a muzey-qo‘riqxonasi hududida “Olloqulixon karvonsaroyi” savdo markazini tashkil etish loyihasi alohida ko‘rib chiqildi. 

 

Savdo nuqtalarining tartibsiz joylashuvi tarixiy obyektlarning vizual yaxlitligini buzishi va turistlar uchun noqulayliklar keltirib chiqarishi qayd etildi. 

 

Yangi loyiha an’anaviy savdo ruhini saqlash, hunarmandlar uchun sharoit yaratish, ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazish, shuningdek, yangi turistik nuqtani shakllantirishga qaratilgan. 

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.