Jahon

Isroil bir hafta ichida G‘arbiy Sohilda 100 dan ortiq falastinlikni hibsga oldi

Hibsga olinganlar orasida bolalar, jurnalistlar va yaqinda mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilingan sobiq mahbus ham bor.

Isroil bir hafta ichida G‘arbiy Sohilda 100 dan ortiq falastinlikni hibsga oldi

Isroil kuchlari so‘nggi bir hafta ichida ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohilda 100 nafardan ortiq falastinlikni hibsga oldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Falastinlik mahbuslar jamiyati (PPS) payshanba kuni ma’lum qilishicha, Isroil kuchlari hudud bo‘ylab hibsga olish amaliyotlarini kuchaytirgan. PPS hibslar davomida dala sharoitida so‘roq qilish, jismoniy tajovuz, mahbuslarning oila a’zolariga tahdid qilish va ayrim holatlarda sudsiz qatl etish kabi huquqbuzarliklar sodir etilganini da’vo qilgan.

 

Shuningdek, Isroil kuchlari uylarni keng ko‘lamda tintuv qilgani, mulklarga zarar yetkazgani va ayrim uylarni harbiy maqsadlarda egallab turgani aytilmoqda. Ayrim falastinliklar esa qarindoshlariga bosim o‘tkazish maqsadida hibsda ushlab turilgan.

 

Ikki nafar jurnalist hamda yana bir necha sobiq mahbus ham hibsga olingan.

 

Tashkilot Isroil ko‘chmanchilari falastinliklar va ularning mol-mulkiga hujumlar uyushtirayotganini ham bildirgan. Unga ko‘ra, hujumlar kaltaklash, yo‘llarni to‘sish va transport vositalariga hujum qilishni o‘z ichiga olgan hamda ayrim hollarda Isroil kuchlari himoyasi ostida amalga oshirilgan.

 

PPS Isroilning 2023-yil oktyabrida boshlangan urushi ortidan G‘arbiy Sohilda 25 mingdan ortiq falastinlik, G‘azoda esa yana minglab odam hibsga olinganini ma’lum qilgan.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.