Sport

JCH-2026: Ispaniya Saudiya Arabistonini yirik hisobda mag‘lub etdi

Mazkur bahsda Lamin Yamal Jahon chempionatidagi o‘zining ilk golini urdi.

JCH-2026: Ispaniya Saudiya Arabistonini yirik hisobda mag‘lub etdi

Jahon chempionati H guruhi 2-turidan o‘rin olgan Ispaniya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi bahs yakunlandi. 

 

Uchrashuvda ispanlar to‘liq ustunlik namoyish etib, raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Hisob 11-daqiqada Lamin Yamal tomonidan ochilgan bo‘lsa, Mikel Oyarzabal 21 va 24-daqiqalarda ketma-ket gol urib, birinchi bo‘limdayoq jamoasiga qulay ustunlikni taqdim etdi. 

 

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Saudiya Arabistoni himoyachisi Hassan Al-Tambakti o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va yakuniy hisobni o‘rnatdi. 

 

Mazkur g‘alabadan so‘ng Ispaniya ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi va guruhdan chiqish masalasini deyarli hal qildi, Saudiya Arabistoni esa keyingi so‘ngi tur oldidan qiyin holatda qoldi. 1 ochkoga ega saudiyaliklar 3-turda Kabo-Verdiga qarshi maydonga tushadi.

custom img

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbolchi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarori qat’iylashganini bildirdi.

custom img

US Open: Kamilla Rahimova dunyoning 29-raketkasini mag‘lub etdi

Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

custom img

O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Kumush medal Germaniya, bronza medal AQSH terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"