O'zbekiston

O‘zbekistonda 15 yillik stajga ega tibbiyot xodimlariga uy-joy uchun subsidiya beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, subsidiya dasturi doirasida uy-joyni mamlakatning istalgan hududidagi birlamchi bozordan ipoteka krediti asosida xarid qilish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda 15 yillik stajga ega tibbiyot xodimlariga uy-joy uchun subsidiya beriladi

Hukumatning 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yillik ish stajiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ipoteka krediti asosida xarid qilinadigan uy-joyning boshlang‘ich badalining bir qismini qoplash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar ro‘yxatdan o‘tgan hududidan qat’i nazar, mamlakatning istalgan hududidagi birlamchi uy-joy bozoridan subsidiya dasturi doirasida ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilishi mumkin.

 

Subsidiya olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

 

Ariza beruvchilarni baholashda ularning amalda davlat tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgani hamda davlat muassasalarda kamida 15 yillik ish stajiga ega ekani tasdiqlanishi lozim.

 

Qarorga muvofiq, subsidiya bir oilaga (er yoki xotindan biriga) faqat bir marta ajratiladi. G‘oliblar har chorak uchun belgilangan kvota doirasida mezonlarga to‘liq javob bergan nomzodlar orasidan onlayn tarzda tasodifiy tanlash usuli orqali aniqlanadi. Har chorakda 125 nafar nomzod subsidiya olish huquqini qo‘lga kiritadi.

 

Subsidiya ajratilgani to‘g‘risidagi xabarnomani olgan g‘olib uy-joyni ipoteka krediti asosida xarid qilish uchun qurilish (pudrat) tashkiloti bilan dastlabki shartnoma tuzadi.

custom img

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Inoqov Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichi bitiruvchisi hisoblanadi

custom img

Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ikki xodim “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Marhum FVV xodimi Toshkentdagi xonadonda bo‘lgan yong‘inda 7 kishini qutqarib, o‘zi halok bo‘lgandi. YPX xodimi Spark urib ketishi oqibatida vafot etgandi.

custom img

Sherzod Asadov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Sherzod Asadov 2021-yil mart oyidan buyon prezident matbuot kotibi sifatida ishlab kelmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov yuksak mukofot bilan taqdirlandi

Prezident farmoniga ko‘ra bir qator davlat xizmatchilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

custom img

Komil Allamjonov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Komil Allamjonov O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi siyosiy-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bir qator soha vakillari mukofotlandi

Prezident farmoni bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at hamda OAV sohalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi.

custom img

Taniqli qilichboz va MOQ sobiq raisi Sobir Ro‘ziyev vafot etdi

U jahon chempionatlarida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.

custom img

Qozog‘istonda YTH oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hozirda ularni Vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"