O'zbekiston

Sirdaryo irmoqlaridagi har ikkinchi baliq tanasida mikroplastik borligi aniqlandi

Olimlar ifloslanishning asosiy manbai sifatida to‘qimachilik sanoatidan chiqayotgan mikrotolalar va oqova suvlarni tozalash tizimlarining yetarli samaradorlikka ega emasligini ko‘rsatmoqda.

Sirdaryo irmoqlaridagi har ikkinchi baliq tanasida mikroplastik borligi aniqlandi

Sirdaryo irmoqlari — Chirchiq va Qoradaryo daryolarida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot davomida o‘rganilgan baliqlarning 60,7 foizi organizmida mikroplastik zarrachalar aniqlandi. Tadqiqot Rossiyadagi Tomsk davlat universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti hamda Andijon davlat universiteti olimlari hamkorligida olib borildi.

 

 

Ma'lum qilinishicha, olimlar turli turlarga mansub 61 ta baliqni tahlil qilgan. Natijalarga ko‘ra, har bir baliq organizmida o‘rtacha 2,61 ta mikroplastik zarracha mavjud bo‘lib, ularning umumiy massasi 11,5 mikrogrammni tashkil etgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir kilogramm baliq vazniga o‘rtacha 86,3 ta mikroplastik zarracha to‘g‘ri keladi. Tadqiqot yana bir muhim xulosani ko‘rsatdi: baliq qancha yirik bo‘lsa, uning organizmida shuncha ko‘p mikroplastik to‘planadi.

 

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, aniqlangan zarrachalarning deyarli barchasi qadoqlash materiallari bo‘laklari emas, balki juda mayda sintetik tolalardan iborat. Qoradaryoda aniqlangan mikroplastikning 89,7 foizi, Chirchiqda esa 93 foizi aynan mikrotolalardir.

 

Tomsk davlat universitetining Atrof-muhitdagi mikroplastikni tadqiq etish markazi direktori Yuliya Frankning aytishicha, bunga O‘zbekistagi rivojlangan to‘qimachilik sanoati va oqova suvlarni tozalash inshootlarining bunday tolalarni to‘liq ushlab qola olmasligi sabab bo‘lmoqda.

 

Laboratoriya tahlillari davomida baliqlar organizmida plastikning 15 turi aniqlandi. Ular orasida polietilentereftalat (PET), polipropilen (PP) va poliamid (PA) eng ko‘p uchragan. Shuningdek, to‘qimachilik sanoatida keng qo‘llanadigan yarim sintetik viskoza tolalari ham topilgan.

 

Tadqiqotchilar polimerlarning kimyoviy xavflilik indeksidan (PHI) foydalangan holda ekologik xavfni o‘rtacha darajada deb baholadi. Biroq poliakrilonitril (PAN), poliuretan (PUR) va polivinilxlorid (PVX) kabi ayrim plastik turlarining mavjudligi xavfni oshirishi mumkin. Chunki ushbu moddalar tarkibidagi monomerlar kanserogen, mutagen va allergik xususiyatlarga ega.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mikroplastik baliqlarga ham jismoniy, ham kimyoviy zarar yetkazadi. Qattiq sintetik tolalar ovqat hazm qilish tizimini shikastlashi, ishtahani pasaytirishi va rivojlanishni sekinlashtirishi mumkin. Plastik tarkibidagi kimyoviy moddalar esa baliqlarning endokrin va immun tizimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

Tadqiqot davomida mikroplastikning baliq turi, jinsi yoki oziqlanish xususiyatiga bog‘liq emasligi aniqlandi. U yirtqich ham, hammaxo‘r baliqlar organizmida ham uchraydi. 

 

Shuningdek, daryo tubidagi cho‘kindilar suv qatlamiga nisbatan kuchliroq ifloslangani ma’lum bo‘ldi. Olimlarning fikricha, bu plastik zarrachalar uzoq vaqt davomida suv havzalarida saqlanib, oziq zanjiri orqali boshqa tirik organizmlarga ham o‘tishini anglatadi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.