O'zbekiston

Alifbo islohoti: nega 30-yil davomida noqulay O‘, G‘, Sh, Ch belgilari bilan qiynaldik?

Yangi qonun loyihasi doirasida muammoli 4 ta harf yaxlit shaklga o‘tadi. Bu o‘qish, yozish va terish tezligini oshiradi.

Alifbo islohoti: nega 30-yil davomida noqulay O‘, G‘, Sh, Ch belgilari bilan qiynaldik?

Qonunchilik palatasi o‘zbek alifbosini isloh qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi. Bu qadam 1995-yilda yo‘l qo‘yilgan eng yirik strategik va texnik xatoni tuzatishga xizmat qiladi. 

 

Xo‘sh, biz nega 30-yil davomida noqulay O‘, G‘, Sh, Ch belgilari bilan qiynaldik? 

 

1993-yilda qabul qilingan ilk loyihada alifbomiz mukammal va yaxlit edi (Ç ç, Ş ş, Ğ ğ, Ö ö). 1995-yilga kelib esa Turkiya bilan siyosiy sovuqlashish va "milliy harflar kompyuter klaviaturasiga tushmaydi" degan noto‘g‘ri vahima sabab til texnikaga qurbon qilindi. 

 

Birinchidan, O‘ va G‘dagi teskari vergullar global tizimlarda (Google, Yandex) xatolik deb o‘qiladi va internetda o‘zbekcha ma’lumotlar qidiruvini qiyinlashtiradi. 

 

Ikkinchidan, bitta tovushni bir necha harf bilan yozish (Ch, Sh, Ng) matnlarni uzaytirib, matbaada tonnalab ortiqcha qog‘oz va bo‘yoq isrofiga olib keldi. 

 

Uchinchidan, qo‘shharf va apostroflar maktab yoshidagi bolalarda doimiy imloviy chalkashliklarni yaratdi. Senat ko‘rib chiqishi kutilayotgan yangi qonun loyihasi alifboni 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat qilishni nazarda tutmoqda. Muammoli 4 ta harf yaxlit shaklga o‘tadi. Bu o‘qish, yozish va terish tezligini oshiradi. 

 

O‘zgarish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Amaldagi hujjatlar, pullar va peshlavhalar birdaniga emas, balki tabiiy eskirish muddatiga qarab rejali yangilanadi. 30-yil davomida tilimizni kompyuter klaviaturasiga sig‘dirishga urindik. Endilikda texnika tilni cheklashi emas, texnologiya o‘zbek tilining mukammal tizimiga xizmat qilishi kerak. Xalq klaviaturani o‘z tiliga moslashtiradigan davrga nihoyat yetib keldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.