O'zbekiston

O‘zbekistonliklar 5 oyda sog‘liqni saqlash xizmatlariga 9,1 trln so‘m sarfladi

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,7 foizga oshgan.

O‘zbekistonliklar 5 oyda sog‘liqni saqlash xizmatlariga 9,1 trln so‘m sarfladi

2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 9,1 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,7 foizga oshgan.

 

Sog‘liqni saqlash xizmatlari tarkibida 16,8 foizi tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlari, 20 foizi shifoxona muassasalari xizmatlari, 63,2 foizi esa boshqa turdagi xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 4,2 trillion so‘mni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (862,1 mlrd so‘m), Samarqand viloyati (694,1 mlrd so‘m), Farg‘ona viloyati (593 mlrd so‘m) va Andijon viloyati (428,9 mlrd so‘m) joylashgan.

 

Shuningdek, Namangan viloyatida 415 mlrd so‘mlik, Buxoro viloyatida 353,9 mlrd so‘mlik, Xorazm viloyatida 335,9 mlrd so‘mlik, Qashqadaryo viloyatida 332,7 mlrd so‘mlik, Surxondaryo viloyatida 238,4 mlrd so‘mlik, Jizzax viloyatida 221,3 mlrd so‘mlik, Sirdaryo viloyatida 169,7 mlrd so‘mlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 158,6 mlrd so‘mlik hamda Navoiy viloyatida 157,9 mlrd so‘mlik sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Elektron ko‘targichlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborilgan.

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

Banklar barcha kartalardagi jami qoldiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidan kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 92,3 mingta nikoh qayd etildi.