O'zbekiston

O‘zbekistonda taqiq yoki xatlovdagi uyda ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi

Ko‘chmas mulkka oid huquqlarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriladi. Ayrim holatlarda uy-joyni sotishdan olingan daromadni soliqqa tortish tartibi ham o‘zgaradi.

O‘zbekistonda taqiq yoki xatlovdagi uyda ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi

Prezidentning 2026-yil 15-iyuldagi “Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–265-son qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

 

Qarorga ko‘ra, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda huquq egasi belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga murojaat qilmagan bo‘lsa, endilikda unga ma’muriy javobgarlik qo‘llanilmaydi. Buning o‘rniga kechiktirilgan muddatdan kelib chiqib, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun oshirilgan stavkada to‘lov undiriladi.

 

Shuningdek, soliq to‘lovchiga tegishli turar joy meros tariqasida yoki yaqin qarindoshidan hadya sifatida o‘tgan bo‘lsa, uni sotishdan olingan daromadni soliqqa tortmaslik uchun belgilangan muddat endi vasiyat qiluvchi yoki hadya qiluvchining ushbu uy-joyga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab hisoblanadi.

 

Qaror bilan taqiq yoki xatlov qo‘yilgan turar joyda garovga oluvchining roziligisiz yashash va doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishga ham ruxsat berildi.

 

Bunda ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan shaxs mulkdor, garovga oluvchi yoki taqiqni qo‘yish va bekor qilishga mas’ul organning ichki ishlar organlariga murojaati asosida uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani bekor qilinishiga oldindan rozilik bildirishi shart.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"