O'zbekiston

Farg‘onada kuchli zilzila bo‘ladimi?

Farg‘ona vodiysida yaqin kunlarda kuchli zilzila sodir bo‘lishi haqidagi xabarlarga O‘zR Fa oydinlik kiritdi.

Farg‘onada kuchli zilzila bo‘ladimi?

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona vodiysida yaqin vaqt ichida kuchli zilzila sodir bo‘lishi haqida tarqalayotgan xabarlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri Ulfat Nurmatovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston seysmik faol hudud hisoblanadi va mamlakatdagi yirik yer yoriqlari hamda ularning zilzila keltirib chiqarish salohiyati ilmiy jihatdan chuqur o‘rganilgan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika va qo‘shni davlatlar hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan maksimal zilzila kuchi bo‘yicha maxsus xaritalar ishlab chiqilgan. Barcha yangi bino va inshootlar aynan ushbu seysmik xaritalar asosida loyihalashtiriladi va quriladi.

 

Mutaxassis Farg‘ona vodiysida oxirgi yirik zilzila 2011-yilda Qon hududida sodir bo‘lib, uning magnitudasi 6,4 ni tashkil etganini eslatdi. Shundan buyon asosan 5–5,5 magnitudali zilzilalar qayd etilgan bo‘lib, ular nisbatan tez-tez uchrasa-da, kuchi pastroq.

 

Qayd etilishicha, seysmik salohiyati yuqori bo‘lgan yirik yer yoriqlari asosan Tojikistonning Pomir hududlari orqali o‘tadi. U yerda magnitudasi 7 gacha bo‘lgan zilzilalar yuz berishi mumkin, biroq ularning O‘zbekiston hududidagi seysmik ta’siri 9 balldan oshmaydi.

 

Shuningdek, Afg‘oniston hududida tez-tez sodir bo‘ladigan chuqur o‘choqli zilzilalar Markaziy Osiyo davlatlarida sezilishi mumkinligi, ammo ular katta chuqurlikda yuz bergani sababli kuchi sezilarli darajada susayishi ta’kidlandi.

 

Mutaxassisning ma’lum qilishicha, Farg‘ona vodiysining 90 foizdan ortiq hududi 8 balli hudud hisoblanadi. Ayrim kichik hududlarda, jumladan Andijon shahrining sharqiy qismida, maksimal sharoit yuzaga kelgandagina 9 ballik silkinish ehtimoli mavjud.

 

Bildirilishicha, amaldagi seysmik xaritalar 50 yillik davr uchun tuzilgan bo‘lib, ularga ko‘ra hududda 8 balldan kuchli zilzila kuzatilish ehtimoli atigi 5 foizni, bunday holat yuz bermaslik ehtimoli esa 95 foizni tashkil etadi.

 

Mutaxassis vahimaga tushish uchun hech qanday asos yo‘qligini ta’kidladi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"