O'zbekiston

O‘zbekistonda havo harorati 48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

18–20-iyul kunlari mamlakatga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi.

O‘zbekistonda havo harorati 48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

 

“O‘zgidromet” O‘zbekiston hududida anomal issiq ob-havo saqlanib qolishi va ayrim hududlarda havo harorati 48 darajagacha ko‘tarilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 18–20-iyul kunlari mamlakat hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi. Respublikaning aksariyat hududlarida havo harorati 43–45 daraja, janubiy va cho‘l hududlarida esa ayrim joylarda 46–48 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

 

Shuningdek, respublika bo‘yicha shamol tezligi 13–18 m/s, ayrim hududlarda esa 20–22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

 

Avval xabar qilinganidek, mamlakat hududiga 13-iyuldan boshlab janubdan kirib kelgan issiq havo oqimlari fonida elektr energiyasi iste’moli tarixiy rekord darajaga yetdi. Jazirama sabab ayrim hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida og‘ir yuk avtomobillari harakatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

 

Shuningdek, Mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarga jazirama sharoitida ochiq havoda olib boriladigan ishlarni kunning eng issiq vaqtida qisqartirish yoki to‘xtatish, xodimlarni ichimlik suvi, soyali dam olish joylari hamda issiqdan himoyalovchi maxsus kiyimlar bilan ta’minlash zarurligini eslatgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.