Ta'lim

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

O‘zbekistonda mahalliy va xorijiy universitetlar bilan integratsiyalashgan yangi ta’lim dasturlari joriy etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevga tanishtirilgan taqdimotda ma’lum qilindi.

 

Taqdimotda maktab, akademik litsey, texnikum va oliy ta’lim o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlaydigan "2+3", "1+2", "2+1", "1+3", "2+2" va "3+1" kabi integratsiyalashgan ta’lim modellari ko‘rib chiqildi.

 

Unga ko‘ra, 9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Texnikum bitiruvchilariga esa ta’limni qisqartirilgan dastur asosida universitetda davom ettirish imkoniyati yaratiladi.

 

Shuningdek, integratsiyalashgan ta’lim dasturlarini tibbiyot, energetika, san’at va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor yo‘nalishlarda ham joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Xalqaro malakalar va baholash markaziga integratsiyalashgan dasturlarni nufuzli TOP-100 oliygohlar akademik talablariga moslashtirish, ular bilan “1+3” va “2+2” shaklidagi dasturlarni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

 

Markaz huzurida xorijiy ekspertlardan iborat doimiy ishchi guruh tashkil etiladi. U 2027-yil yakuniga qadar yetakchi xorijiy universitetlar diplomini beradigan kamida ikkita ta’lim dasturi markazini ishga tushirishi belgilangan.

 

Bundan tashqari, "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiya dasturi ham yangi tizimga moslashtiriladi. Endilikda u Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi hamda boshqa mahalliy oliygohlardagi integratsiyalashgan ta’lim yo‘nalishlarini ham qamrab oladi.

 

Dunyoning nufuzli universitetlariga shartli qabul qilingan yoshlarning O‘zbekistondagi oliygohlarda birinchi kurs yoki Foundation dasturida o‘qish xarajatlarini qoplash mexanizmi joriy etiladi. Bu ularga ta’limni O‘zbekistonda boshlab, keyinchalik xorijdagi oliygohda davom ettirish imkonini beradi.

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.