O'zbekiston

O‘zbekistonda ekologik baholash tizimiga xalqaro mexanizmlar joriy etiladi

Yangi tartiblar ekologik ekspertizani soddalashtirish, jarayonlar shaffofligini oshirish hamda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishni nazarda tutadi.

O‘zbekistonda ekologik baholash tizimiga xalqaro mexanizmlar joriy etiladi

2025-yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qarori bilan ekologik baholashning yangi mexanizmlari tasdiqlandi. Bu haqda Davlat ekologik ekspertizasi markazi xabar berdi.

 

Qarorga muvofiq, davlat ekologik ekspertizasi va atrof-muhitga ta’sirni baholashning yangi tartiblari joriy etiladi. Xususan, amalda to‘rtta toifaga bo‘lingan ekologik ekspertiza obyektlari bitta toifaga birlashtiriladi. Bu esa atrof-muhitga ta’siri kam bo‘lgan minglab kichik biznes subyektlarini ortiqcha ekologik ekspertiza jarayonlaridan ozod etishi kutilmoqda.

 

Davlat ekologik ekspertizasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish tartibi ham belgilanmoqda. Bu sohada ochiqlik va shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, ekologik ekspertiza ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, ekologik xulosalar yuzasidan bahsli masalalarni kollegial ko‘rib chiqish mexanizmlari hamda Parij kelishuvi, Bazel va Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyalar doirasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari joriy etiladi.

 

Yangi tartiblar jamoatchilik eshituvlari va jamoat ekologik ekspertizasini o‘tkazish mexanizmlarini ham belgilaydi. Bu esa ekologik qarorlar qabul qilishda fuqarolar ishtirokini kengaytirish va Orxus konvensiyasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga xizmat qiladi.

 

Qaror bilan loyihachi tashkilotlar faoliyatini reyting asosida baholash hamda mutaxassislarga malaka sertifikatlari berish tartibi ham joriy etiladi. Mazkur tizim loyiha hujjatlari sifatini oshirish va ekologik talablarga javob bermaydigan loyihalar sonini kamaytirishga qaratilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda davlat ekologik ekspertizasi organlari tomonidan 49 ming 620 ta ekologik xulosa berilgan bo‘lib, qariyb 700 ta loyiha ekologik talablarga javob bermagani aniqlangan.

 

Qayd etilishicha, ekologik baholash tizimiga zamonaviy xalqaro mexanizmlarning joriy etilishi atrof-muhitni muhofaza qilishni kuchaytirish, ekologik xavflarni kamaytirish hamda barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.