O'zbekiston

O‘zbekistonning ilm-fan va davlat siyosatini integratsiya qilish tajribasi YUNESKO global konferensiyasida taqdim etildi

Tadbirda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova mamlakatning ilmiy siyosati va Orolbo‘yini tiklash borasidagi tajribasi haqida ma’ruza qildi.

O‘zbekistonning ilm-fan va davlat siyosatini integratsiya qilish tajribasi YUNESKO global konferensiyasida taqdim etildi

O‘zbekistonning ilm-fan va davlat siyosatini integratsiya qilish bo‘yicha yondashuvi YUNESKOning Xalqaro fanlar o‘n yilligi doirasidagi birinchi Global konferensiyasida taqdim etildi.

 

 

Fransiyaning Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lidagi Xalqaro fanlar o‘n yilligi (2024–2033) doirasidagi birinchi Global konferensiya doirasida “Translating Evidence into Priorities” (“Ilmiy dalillarni ustuvor yo‘nalishlarga aylantirish”) mavzusida tematik panel bo‘lib o‘tdi. Unda ilmiy bilimlarni davlat siyosatini shakllantirish jarayonlariga integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Panel ishida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Shahlo Turdiqulova ishtirok etdi.

 

 

YUNESKO tomonidan tashkil etilgan Global konferensiya Barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lidagi Xalqaro fanlar o‘n yilligini amalga oshirishga bag‘ishlangan birinchi yuqori darajadagi xalqaro maydon bo‘ldi. Konferensiyaning asosiy maqsadi o‘n yillikni amalga oshirishning navbatdagi bosqichi uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, ilm-fan, davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ilmiy bilimlarning rolini kuchaytirishdan iborat.

 

 

Professor Shahlo Turdiqulova o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasining milliy taraqqiyot ustuvor yo‘nalishlari va ilmiy kun tartibini o‘zaro uyg‘unlashtirishga asoslangan zamonaviy ilmiy siyosatni shakllantirish bo‘yicha yondashuvini taqdim etdi. Ta’kidlanganidek, ilm-fan va davlat o‘rtasidagi samarali hamkorlik tadqiqot natijalari olinganidan keyin emas, balki mamlakatning strategik vazifalarini belgilash bosqichidan boshlanishi lozim. Ana shunday yondashuv milliy ahamiyatga ega muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy dasturlarni shakllantirish va ilmiy bilimlarni amaliyotga samarali tatbiq etish imkonini beradi.

 

 

Misol sifatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangi besh yillik strategiyasini ishlab chiqish tajribasi taqdim etildi. Uning asosida ilmiy kun tartibini milliy rivojlanish maqsadlaridan kelib chiqqan holda shakllantirish tamoyili yotadi. Shuningdek, tadqiqotlarni an’anaviy sohaviy yondashuv asosida emas, balki oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi, suv resurslaridan oqilona foydalanish, biotexnologiya va ekologik barqarorlik kabi kompleks milliy vazifalar atrofida tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

 

 

Moderatorning ilmiy bilimlarni davlat siyosatiga muvaffaqiyatli joriy etish misollari haqidagi savoliga javob berar ekan, professor Shahlo Turdiqulova O‘zbekiston Respublikasining Orolbo‘yi hududini tiklash bo‘yicha tajribasini taqdim etdi. Qayd etilganidek, ilmiy tadqiqotlar Orol dengizining qurigan tubini o‘rmon-melioratsiya qilish bo‘yicha davlat dasturining asosini tashkil etdi. Ushbu dastur doirasida so‘nggi yillarda bir million gektardan ortiq maydon ko‘kalamzorlashtirildi.

 

 

Shuningdek, O‘zbekistonning ekologik kun tartibini xalqaro maydonda ilgari surish borasidagi tajribasi ham qayd etildi. Jumladan, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Orolbo‘yi hududini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyaning qabul qilinishi, shuningdek, “Markaziy Osiyoning yashil qalqoni” mintaqaviy tashabbusining yo‘lga qo‘yilishi alohida ta’kidlandi.

 

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.