O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-sentyabr kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Yig‘ilishda hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, energetika, transport va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar uchun qator imtiyozlar yaratildi. O‘tgan yili hududga 1,7 milliard dollar investitsiya kiritilgan. Bu 2021-yilga nisbatan 22 barobar ko‘p. Joriy yilning birinchi yarmida Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti 10,2 foizga o‘sgan.

 

Energetika sohasida so‘nggi yillarda 860 megavatt yangi quvvat ishga tushirilgan. Natijada elektr ishlab chiqarish 4 barobar oshib, 5 milliard 330 million kilovatt-soatga yetgan. “Yashil” energiyaning hududdagi ulushi 23 foizni tashkil etmoqda.

 

Tashrif davomida qiymati 7 milliard dollarlik 47 ta loyihaga start berildi. Jumladan, Qo‘ng‘irot tumanida 2,6 milliard dollarlik, quvvati 1,5 ming megavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi quriladi. 2030-yilgacha Qoraqalpog‘istonda jami 3,3 ming megavattlik shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish, “yashil” energiya ulushini 76 foizga yetkazish va 400 megavattlik energiya saqlash quvvatlarini yaratish rejalashtirilgan.

 

Transport infratuzilmasida ham yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. A-380 avtomobil yo‘lining Qo‘ng‘irot hududidan o‘tuvchi 240 kilometri 384 million dollar hisobiga beton qoplamaga o‘tkazilgan. Yo‘lning To‘rtko‘l, Ellikqal’a va Beruniy tumanlaridan o‘tuvchi yana 92 kilometr qismida 233 million dollarlik qurilish ishlari boshlangan.

 

Kelasi yil mart oyidan Toshkent–Nukus yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Natijada safar vaqti 16 soatdan 7 soatgacha qisqaradi.

 

Yig‘ilishda hududning mineral va energetika resurslarini chuqur qayta ishlab, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish masalasiga ham e’tibor qaratildi. “Qo‘ng‘irot – Qorao‘zak – Taxiatosh” yo‘nalishini “yashil sanoat yo‘lagi”ga aylantirish rejalashtirilgan.

 

Sun’iy intellekt va data-markazlar uchun tashkil etiladigan maxsus zonada 8 milliard dollarlik 6 ta loyiha amalga oshiriladi. Uch yil davomida Nukus, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Taxiatoshda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt xizmatlari eksportini yiliga 600 million dollarga yetkazish vazifasi belgilandi.

 

Shuningdek, “yashil” energiyani karbon kreditlariga aylantirish orqali yiliga 50–100 million dollar daromad olish imkoniyati qayd etildi. Yil yakunigacha Orolning 50 ming gektar hududida “o‘rmon karbon krediti” dasturini boshlash topshirildi.

 

Investitsiya yo‘nalishida kelasi yili Qoraqalpog‘istonga 5 milliard dollar jalb qilish vazifasi qo‘yildi. To‘qimachilik va charm sanoati, elektrotexnika, qurilish materiallari, avtomobil ehtiyot qismlari va farmatsevtika sohalarida yangi loyihalar amalga oshiriladi.

 

Aholi bandligini oshirish uchun banklarning ishonchli mijozlariga 16 foizli 300 milliard so‘mlik kredit liniyasi ochiladi. Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasining foiz xarajatlarining bir qismini qoplashi hisobiga tadbirkorlar uchun kredit stavkasi 12 foizgacha tushiriladi. Oilaviy tadbirkorlik kreditlari stavkasi ham 17,5 foizdan 12 foizga kamaytiriladi.

 

Qishloq xo‘jaligida suv yo‘qotishlarini kamaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Hududdagi 417 ming gektar yerga suv yetkazish uchun yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanadi. Uning 38 foizi, ya’ni 2,1 milliard kub metri yo‘qotilmoqda.

 

To‘rtko‘ldagi “Yonbosh” va Bo‘zatovdagi “Erkindaryo” kanallarini betonlash, suv inshootlari va artezian quduqlar qurish uchun 135 milliard so‘m ajratiladi. Kelasi yil 17 ming gektarda ozuqa ekinlari yetishtirib, 2 ming kishini daromadli qilish rejalashtirilgan.

 

Chorvachilikni rivojlantirish uchun foydalanilmayotgan yaylov va yerlar o‘zlashtiriladi. 

 

Bo‘zatovda 7,5 ming gektar yerni ozuqa yetishtirishga moslashtirishga 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Ozuqa yetishtiruvchilarga har gektar uchun 500 ming so‘mdan subsidiya beriladi.

 

Bog‘dorchilikda 30 ming gektarda sho‘rga chidamli olxo‘ri va kechki o‘rik plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha uch yillik dastur amalga oshiriladi. Bu orqali 20 ming kishini ish bilan ta’minlash va uch yilda meva eksportini kamida 500 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.

 

Kelgusi bahordan Nukus tumanidagi 10 ming gektarda qovun yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Ispaniya, AQSh, Niderlandiya va Xitoydan navlar hamda mutaxassislar jalb qilinib, mahsulotni qayta ishlash va eksport qilishga ixtisoslashgan xolding tashkil etiladi.

 

Nukusning “Ashshiko‘l” hududida 50 ming aholiga mo‘ljallangan “Nukus siti” qurilishi boshlandi. 270 gektar maydonda energiya tejamkor binolar, biznes, savdo va servis markazlari hamda yashil hududlar barpo etiladi.

 

Yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi. Bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohalarida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

 

Tibbiyot sohasida Nukus tibbiyot ilmiy akademiyasi, Bolalar klinikasi, Onkologiya markazi va yangi ko‘p tarmoqli shifoxonani birlashtirgan Universitet tibbiy klasteri tashkil etiladi. Mo‘ynoqqa borib ishlayotgan shifokorlarga berilayotgan 200 foizgacha oylik ustama 1-yanvardan Bo‘zatov va Taxtako‘pirda ham joriy etiladi.

 

Yig‘ilishda kelasi yili qoraqalpoq xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini munosib nishonlash taklifi ham bildirildi. Uning ilmiy va ijodiy merosini o‘rganish, raqamlashtirish, asrab-avaylash va yoshlarga yetkazishga qaratilgan dasturni bir oyda ishlab chiqish topshirildi.

 

Yig‘ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglanib, Qoraqalpog‘iston faollari bilan muloqot o‘tkazildi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

 

custom img

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga “general-mayor” unvoni berildi

Shuningdek, qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini munosib nishonlash dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.

custom img

1 yillik magistratura joriy etiladi: yangi o‘quv yilidan taʼlimning ikki yo‘nalishi belgilanadi

Amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassisligiga qarab loyiha, startap, konstruktorlik loyihasi yoki boshqa amaliy ishni tayyorlab, himoya qiladi.

custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

custom img

Toshkentda MIB orqali madaniy buyumlar muzeyga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjatida belgilangan talablar to‘liq bajarilib, ijro ishi yakunlandi.

custom img

Samarqandda soliq qarzi sabab “Volkswagen” olib qo‘yildi

Endi qarzdor belgilangan muddatda soliqni to‘lamasa, mashina auksionga chiqariladi.

custom img

Toshkentda kredit qarzi sabab elektomobil xatlandi

Hozirgi mazkur avtotransport vositasini elektron savdolarga chiqarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

custom img

Resursdan tayyor mahsulotgacha: Qoraqalpog‘istonda yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi

Uch yilda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish va raqamli texnologiyalar eksportini 600 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"