Jahon

“Rosatom”dagi moliyaviy qiyinchliklar sababli O‘zbekiston va Qozog‘istondagi AES qurilishi ortga surilishi mumkin

Kompaniyaning moliyaviy muammolari Markaziy Osiyoning yadroviy energiya ambitsiyalarini xavf ostida qoldirmoqda.

“Rosatom”dagi moliyaviy qiyinchliklar sababli O‘zbekiston va Qozog‘istondagi AES qurilishi ortga surilishi mumkin

          
 
Rosssiyada muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan “Rosatom” hozirda katta moliyaviy muammolarni boshdan kechirmoqda. Rossiya tomonidan e’lon qilingan moliyaviy qiyinchiliklar hisobga olinsa, “Rosatom” Qozog‘iston va O‘zbekistondagi AES qurish bo‘yicha loyihalari kechikishi mumkin.



Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda yoqilg‘I bozoridagi qiyinchliklarni tan olib, bu vaqtinchalik ekanini aytgan edi. Putin o‘shanda Rossiya iqtisodi barqaror ekanligini aytgan edi.


Ammo, “Eurasianet” tez orada Qozog‘iston va O‘zbekiston atom energetikasini rivojlantirish rejalarini qayta ko‘rib chiqish mumkinligiga to‘g‘ri keladi.


Rosatom rahbari Aleksey Lixachev "noqulay iqtisodiy sharoitlar" tufayli kompaniya joriy yilda o‘zining investitsiya dasturini qariyb 50 foizga qisqartirayotganini ma'lum qildi.Kompaniya, shuningdek, kelgusi 18 oyda operatsion xarajatlarni 10 foizga kamaytirishni rejalashtirmoqda.

 

"Biz bir qator loyihalardan zudlik bilan voz kechdik yoki ularni amalga oshirish muddatlarini keyingi muddatga ko‘chirdik. Bunda bir nechta mezonlarga, asosan, 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi samaradorlikka — ya'ni kiritilgan har bir rubl investitsiyadan ko‘proq foyda va daromad olishga tayandik", — deya Reuters axborot agentligi Lixachevning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

 

Kompaniyaning muammolari ko‘pchilik tomonidan Kremlning Ukrainadagi davom etayotgan harbiy harakatlari bilan bog‘lanmoqda, bu esa umuman olganda Rossiyani moliyaviy qudratidan mahrum qildi. Xalqaro sanksiyalar ham Rosatom faoliyatiga to‘sqinlik qildi.


 
Rosatmoning Markaziy osiyodagi loyihalari
 
Rosatom rahbari Aleksey Lexachov qaysi loyihalar qisqartirilayotgani yoki kechiktirilayotgani haqida aniq gaapirmagan.



Qozog‘iston. Qozog‘iston 2025-yilda Rosatom bilan ushbu Markaziy Osiyo davlatining Balxash ko‘li qirg‘og‘ida ilk atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. O‘shandan beri loyiha kechikishlar va bahslarga duch keldi, ko‘plab kuzatuvchilar buni Rosatomning moliyalashtirishni ta'minlashdagi qiyinchiliklari bilan bog‘lashdi. Lixachevning bayonoti loyihaning 2030-yillarning o‘rtalariga belgilangan taxminiy yakunlash muddatiga ulgura olishiga bo‘lgan shubhalarni yanada kuchaytirmoqda.



O‘zekiston. Rosatom, shuningdek, O‘zbekistonda kichik quvvatli atom stansiyalarini qurish bo‘yicha dastlabki kelishuvga ega. 2026-yil boshida kompaniya rasmiylari O‘zbekistonning moliyalashtirish borasidagi xavotirlarini tarqatish maqsadida shartnomani kengaytirib, "yadroaviy klaster" yaratishni taklif qilishgan edi.

 

                                     


Eurasianet’ning yozishicha, Markaziy osiyodagi O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun Rosatomga muqobil variantlar mavjud. Ostona allaqachon Xitoy kompaniyasi bilan mamlakatda ikkita atom stansiyasi qurish bo‘yicha kelishuvga ega. Shuningdek, Qozog‘iston ham, O‘zbekiston ham AQSh bilan kichik modulli yadroviy reaktorlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilishga qiziqish bildirgan.

 

Tarixan Rossiya hukumati uchun yirik daromad manbai bo‘lib kelgan Rosatom moliyaviy muammolarga duch kelayotgan yagona yirik Rossiya davlat korporatsiyasi emas. Energetika giganti "Gazprom"ning aksiyalari narxi so‘nggi uch oy ichida keskin tushib ketdi va kompaniyaning bozor kapitallashuvi hozirda atigi 25 milliard dollarni tashkil etmoqda.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

custom img

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"