Jahon

Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida mahalliy aholi halok bo‘ldi

Dushanbe hodisa yuzasidan Afg‘onistonga norozilik notasi yubordi.

Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida mahalliy aholi halok bo‘ldi

 

Tojikiston Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida yuz bergan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida mamlakatning chegara hududida fuqaro halok bo‘lgani yuzasidan Afg‘oniston tomoniga norozilik notasi yubordi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib TASS xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Afg‘onistonning Tojikistonning Tog‘li Badaxshon avtonom viloyati Darvoz tumani bilan chegaradosh hududlarida so‘nggi kunlarda qurolli to‘qnashuvlar kuchaygan. Mazkur janglar Tojikistonning chegara hududlarida xavfsizlikka tahdid tug‘dirgani aytilmoqda.

 

Tojikiston TIV ma’lumotiga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlar natijasida Tojikiston havo hududi buzilgan, turar joy binolariga zarar yetgan hamda tinch fuqaro halok bo‘lgan.

 

Xususan, 13-avgust kuni Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatining Darvoz tumanidagi Dashtoq qishlog‘ida yashovchi fuqaro Panj daryosining Afg‘oniston qirg‘og‘idan otilgan o‘q uzilishi oqibatida halok bo‘lgan.

 

Shu munosabat bilan Dushanbe Afg‘oniston tomoniga qat’iy norozilik bildirgan.

 

Tojikiston tomoni Kobuldan davlat chegarasining daxlsizligini hurmat qilish, bunday hodisalarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va tegishli samarali choralarni ko‘rishni talab qilgan.

 

Tojikiston TIV Badaxshondagi qurolli to‘qnashuvlar ayrim hududlarda xavfsizlikka tahdid solayotgani va xalqaro huquq me’yorlariga zid oqibatlarga olib kelayotganini ta’kidlagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.