Jahon

Yaqin Sharqdagi mojaro fonida yirik neft kompaniyalari foydasi 57 foizga oshdi

Mojaro fonida neft narxlarining oshishi dunyoning to‘qqizta yirik neft kompaniyasi foydasini birinchi yarim yillikda 152,8 mlrd dollarga yetkazdi.

Yaqin Sharqdagi mojaro fonida yirik neft kompaniyalari foydasi 57 foizga oshdi

AQSh va Isroil bilan Eron o‘rtasidagi mojaro fonida neft narxining ko‘tarilishi dunyoning yirik neft kompaniyalari daromadlarining keskin oshishiga olib keldi. To‘qqizta yetakchi kompaniyaning 2026 yilning birinchi yarmidagi jami foydasi 152,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Anadolu agentligi ma’lum qildi.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Saudi Aramco, ExxonMobil, Chevron, ConocoPhillips, Shell, bp, TotalEnergies, Eni va Equinor kompaniyalarining jami foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 56,9 foizga oshgan. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 97,4 mlrd dollar bo‘lgan.

 

Eng katta foydani Saudi Aramco qayd etdi — kompaniya yanvar-iyun oylarida 65,2 mlrd dollar daromad olgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 33,9 foizga ko‘p.

 

Shuningdek, ExxonMobil foydasi 18,7 mlrd dollar, Shell 16,5 mlrd dollar, Chevron 14,3 mlrd dollar, TotalEnergies 11,2 mlrd dollar, Equinor 7,9 mlrd dollar, bp 7,7 mlrd dollar, ConocoPhillips 6,1 mlrd dollar va Eni 5,1 mlrd dollarni tashkil etdi.

 

Yaqin Sharqdagi mojaroning energetika bozoriga ta’siri ikkinchi chorakda yanada kuchaygan. AQShning ExxonMobil, Chevron va ConocoPhillips kompaniyalari shu davrda jami 30,5 mlrd dollar foyda ko‘rgan. Bu o‘tgan yilgi 11,6 mlrd dollarga nisbatan 163 foiz ko‘p.

 

Chevron foydasi qariyb besh baravar oshib, 12,1 mlrd dollarga yetgan. ExxonMobil 14,5 mlrd dollar, ConocoPhillips esa 3,9 mlrd dollar foyda olgan.

 

Saudi Aramco ikkinchi chorakda 32,7 mlrd dollar sof foyda qayd etgan. Shellning foydasi 10,8 mlrd dollar, TotalEnergiesniki 5,4 mlrd dollar, Equinorniki 4,8 mlrd dollar va bp’niki 3,9 mlrd dollarni tashkil etgan.

 

To‘qqizta kompaniyaning ikkinchi chorakdagi jami foydasi 92 mlrd dollarga yetib, bir yil avvalgi 44,1 mlrd dollarga nisbatan 108,6 foizga oshgan.

 

Neft narxining oshishi kompaniyalarning daromadlarini ko‘paytirgan bo‘lsa-da, AQShda benzin va dizel narxlarining qimmatlashishi hukumat uchun siyosiy muammoga aylanmoqda.

 

Noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar arafasida yoqilg‘i narxlarining oshishi Tramp ma’muriyatining inflyatsiyani pasaytirish va energiya xarajatlarini kamaytirish maqsadlariga zid kelmoqda.

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ExxonMobil va Chevron kompaniyalari ta’minot taqchilligi sharoitida "juda ko‘p pul ishlab topayotganini" aytib, ularni foydaning bir qismini iste’molchilar uchun narxlarni pasaytirishga yo‘naltirishga chaqirdi.

 

AQSh hukumati avvalroq jahon bozorida neft narxi pasayganiga qaramay, bu o‘zgarish AYoQShlardagi yoqilg‘i narxlariga yetarlicha tez aks etmayotgani yuzasidan Adliya vazirligiga tekshiruv o‘tkazishni topshirgan.

 

Kpler iqtisodchisi Rid Iensonning ta’kidlashicha, energiya narxlarining oshishi yuk tashish va aviatsiya kabi sohalar orqali AQShdagi inflyatsion bosimni kuchaytirmoqda.

 

Rabobank strategisti Florens Shmit esa oraliq saylovlar yaqinlashgani sari Tramp ma’muriyatining energiya narxlarini pasaytirishga qaratilgan siyosiy bosimi kuchayishini qayd etdi.

 

Ekspert prognoziga ko‘ra, kelgusi ikki chorakda Brent markali neftning o‘rtacha narxi bir barrel uchun 80–85 dollar atrofida bo‘lishi mumkin.

 

Shuningdek, AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaro yanada kuchayib, Fors ko‘rfazidagi boshqa davlatlar ham unga jalb qilinsa, neft narxining keskin oshishi xavfi ortishi mumkin.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"