O'zbekiston

Qozog‘istonda YTH oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hozirda ularni Vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

Qozog‘istonda YTH oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

 

2026-yil 22-avgust kuni soat 06:47 da Qozog‘iston Respublikasining Qizilorda viloyatida og‘ir yo‘l-transport hodisasida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, KAZ06 davlat ahamiyatidagi “Qorabutak–Qizilorda–Chimkent” avtomobil yo‘lining 1831–1836-kilometrlarida, Birkazan tumani hududida “Nexia-2” va “Kamaz” rusumli avtomobillar to‘qnashgan.

 

YTH oqibatida “Nexia-2” avtomobili salonida bo‘lgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan.

 

Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan mas’ul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzilib, halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini Vatanga olib kelish hamda ularning oila a’zolariga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

 

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul xodimlari Qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish yuzasidan hamkorlik qilmoqda.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Elektron ko‘targichlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborilgan.

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

Banklar barcha kartalardagi jami qoldiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidan kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 92,3 mingta nikoh qayd etildi.