O'zbekiston

Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi — Prezident

Kelgusi yillarda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dastur amalga oshiriladi.

Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda mamlakat taraqqiyotining yangi davri boshlanayotganini ta’kidladi.

 

Davlat rahbarining qayd etishicha, kelgusi o‘n yillik O‘zbekiston uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi. Mazkur davrni faqat xalqning aql-zakovati, mehnati va birdamligi orqali bunyod etish mumkinligi qayd etildi.

 

Shu maqsadda inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan 7 ta milliy dastur amalga oshiriladi.

 

Birinchi milliy dastur bilim va malakani mamlakat taraqqiyotining asosiy kapitaliga aylantirishga qaratiladi. 6 yoshli bolalarni tayyorlov guruhlariga qamrab olish qisqa muddatda 100 foizga yetkaziladi. Xususiy bog‘chalar tashkil etish bo‘yicha mavjud imtiyozlar saqlab qolinadi.

 

Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi. Texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etilib, yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘qitish qamrovi 1 million nafarga yetkaziladi.

 

Shuningdek, kamida 10 ta universitetni dunyoning TOP-1000 taligi qatoriga kiritish maqsad qilingan.

 

Ikkinchi milliy dastur aholining sog‘lom va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga qaratiladi. Kelgusi besh yilda aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlari YAIMga nisbatan 5 foizga yetkaziladi. Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tiladi.

 

Davlat tibbiy sug‘urtasi barcha xonadonlarni qamrab oladi. Ixtisoslashgan tibbiyotda raqobatni kuchaytirish maqsadida dunyoning eng nufuzli kamida 5 ta klinikasi O‘zbekistonga jalb qilinadi.

 

Uchinchi milliy dastur iqtisodiyotni yuqori texnologiyalar va mehnat unumdorligiga asoslangan modelga o‘tkazishni ko‘zda tutadi.

 

Kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi. 2030-yilgacha YAIM hajmini 300 milliard dollarga yetkazish, sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish maqsad qilingan.

 

Startaplar, venchur moliyalashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylantiriladi. Kichik biznesning o‘rta biznesga, o‘rta korxonalarning esa yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylanishi uchun yaxlit ekotizim yaratiladi. Natijada kelgusi o‘n yilda jon boshiga YAIM 10 ming dollardan oshirilishi ko‘zda tutilgan.

 

To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi. Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar qamrovi 100 foizga yetkaziladi. “Yashil makon” umummilliy harakati yangi bosqichga olib chiqiladi.

 

Maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar muhofaza qilinadi. Yaqin yillarda tuman va shahar markazlarida yashillik darajasi 30 foizga yetkaziladi.

 

Beshinchi milliy dastur sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini umumiy qadriyatga aylantirishga yo‘naltiriladi. Huquqiy tarbiya maktabdan boshlab tizimli yo‘lga qo‘yiladi. Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlari kuchaytiriladi.

 

Kiberjinoyatchilik, giyohvandlik, odam savdosi, yashirin iqtisodiyot va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash kuchaytiriladi. Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi.

 

Oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishni nazarda tutadi. Tuman byudjeti, investitsiya dasturlari va infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida shakllantiriladi. Fuqarolarning talab va ehtiyojlari hamda mahallaning farovonligi asosiy mezon sifatida belgilanadi.

 

Yettinchi milliy dastur O‘zbekistonning tinchlik va do‘stlik diyori, bag‘rikeng mamlakat sifatidagi nufuzini yanada yuksaltirishga qaratiladi.

 

O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari hamda 16 ta diniy konfessiya vakillari ahil va inoq yashayotgani qayd etildi.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.