O'zbekiston

O‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim, texnologiya va sog‘liqni saqlashdagi islohotlar natijalari haqida so‘z yuritdi.

O‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ta’lim, ilm-fan, texnologiya va sog‘liqni saqlash sohalaridagi o‘zgarishlarga to‘xtaldi.

 

Davlat rahbari mamlakatning dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallashi uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan mutaxassislar zarurligini ta’kidladi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi o‘n yilda aholi 8 millionga ko‘payganiga qaramay, maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkazilgan. Maktablarda esa 1,5 millionta qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratilgan.

 

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilgani, yoshlar uchun xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rganishga sharoitlar kengaytirilgani qayd etildi.

 

Oliy ta’limda ham qamrov kengayib, talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetgan. Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani ta’kidlandi.

 

Shuningdek, ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar taraqqiyotning muhim omili sifatida qayd etildi. AT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga jalb etish maqsad qilingan.

 

Prezident Mustaqillik bayrami arafasida xitoylik hamkorlar bilan “Samarqand – 2028” sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirilganini ham alohida qayd etdi.

 

“Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim", — dedi davlat rahbari.

 

Tantana davomida sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘zgarishlar ham qayd etildi. Sohaga ajratilayotgan mablag‘ so‘nggi yillarda 8 karradan ziyod oshgani, mamlakatda 652 ta yangi tibbiyot muassasasi barpo etilgani aytildi.

 

Natijada tibbiy xizmatlar hajmi uch baravar oshgan. Ilgari xorijda amalga oshirilgan 100 dan ziyod murakkab diagnostika va davolash usullari bugun O‘zbekistonda ham bajarilayotgani ta’kidlandi.

 

Prezident aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi esa to‘rt barobar kamayganini ma’lum qildi.

 

Shuningdek, O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Burhoniddin Marg‘inoniy yodgorlik majmualari kabi ilmiy-ma’rifiy maskanlar barpo etilgani qayd etilib, bu yo‘nalishdagi bunyodkorlik ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

custom img

Farg‘onada hokimlik lavozimi uchun 210 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

U fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirgan.

custom img

Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dastlab dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"