O'zbekiston

Kichik tadbirkorlik subyektlarini tekshirishga uch yilga moratoriy joriy etildi

Moratoriy amal qiladigan davrda Biznes-ombudsman tomonidan “Samarali nazorat” tadbiri o‘tkaziladi.

Kichik tadbirkorlik subyektlarini tekshirishga uch yilga moratoriy joriy etildi

O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga uch yil muddatga moratoriy joriy etildi.

 

Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida (PF–175-son, 2026-yil 27-avgust) belgilangan.

 

Hujjatga ko‘ra, moratoriy davrida kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini har qanday tekshirish noqonuniy hisoblanadi. Bunday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

 

Moratoriy ayrim holatlarga tatbiq etilmaydi. Jumladan, jinoyat ishi doirasidagi, inson salomatligiga ta’sirini o‘rganish va mehnat qonunchiligiga rioya etilishini tekshirish, fuqarolar murojaatlari, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash (qaytarish), shuningdek, tadbirkorlik subyektini tugatish bilan bog‘liq tekshiruvlar bundan mustasno.

 

Shuningdek, moratoriy amal qiladigan davrda Biznes-ombudsman tomonidan “Samarali nazorat” tadbiri o‘tkaziladi.

 

Tadbir doirasida nazorat organlarining so‘nggi uch yil davomida o‘tkazgan tekshiruvlari joyiga chiqqan holda o‘rganiladi. Tekshiruvlar davomida aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

 

Tekshiruv o‘tkazish tartibi buzilgani yoki noqonuniy tekshiruvlar aniqlangan hollarda esa tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklash choralari ko‘riladi.

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Hokimlikdan prokuraturaga: Toshkent shahar prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Hokimlikdan prokuraturaga: Toshkent shahar prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nilufar Allabergenova ushbu tayinlovga qadar Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonun bilan erta nikoh va nikoh tuzish tartibini buzganlik uchun jarimalar oshirildi.

Tilanchilik uchun jarima oshdi: ayrim holatlarda qamoq ham qo‘llanadi

Tilanchilik uchun jarima oshdi: ayrim holatlarda qamoq ham qo‘llanadi

Tilanchilik va odamlarni ushbu faoliyatga jalb qilish uchun jazolarni kuchaytirildi.

Farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizlik: ota-onalarni qanday jazo kutmoqda?

Farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizlik: ota-onalarni qanday jazo kutmoqda?

O‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash majburiyatini bajarmagan ota-onalar uchun jazo kuchaytirildi.

Tibbiy xizmatlar narxi asossiz oshirilgan: uch hududda qonunbuzilishlar aniqlandi

Tibbiy xizmatlar narxi asossiz oshirilgan: uch hududda qonunbuzilishlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, iste’molchilardan jami 1 mlrd so‘mdan ortiq ortiqcha mablag‘ undirilgan.

Andijondagi maktabda o‘quvchi qizlar mushtlashdi: sinf rahbari ishdan olindi

Andijondagi maktabda o‘quvchi qizlar mushtlashdi: sinf rahbari ishdan olindi

Uch nafar o‘quvchi qizning o‘zaro tortishuvi janjalga aylangan.

O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish boshlanadi: jarayon 30-noyabrgacha davom etadi

O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish boshlanadi: jarayon 30-noyabrgacha davom etadi

Respondentlar haqidagi ma’lumotlar sir saqlanib, faqat statistik maqsadlarda ishlatiladi.