O'zbekiston

Urganchda 88 turdagi noqonuniy tovarlar yo‘q qilindi

Ular MIB tomonidan sindirish, to‘kib tashlash va karobkalarni yirtib tashlash yo‘li bilan yo‘q qilinib, ijro ishlari amalga oshirilgan.

Urganchda 88 turdagi noqonuniy tovarlar yo‘q qilindi

Majburiy ijro byurosi Urganch shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning ijro hujjatlarigaasosan yaroqsiz deb topilgan tovar moddiy boyliklarini yo‘q qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

 

Byuroning Urganch shahar bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan “Bojxona-servis” davlat muassasasi omborxonasida yo‘q qilish bo‘yicha ijro harakatlari tayinlandi.

 

O‘tkazilgan tadbirda Bojxona qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi, viloyat ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda Urganch shahar sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi vakillari ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida 71 ta ijro ishlari yuzasidan 88 turdagi2.770 dona kapsula shaklidagi biologik aktiv qo‘shimchalar, 22 ta alkogol mahsulotlari, 21 ta ratsiya va unga tegishli bo‘lgan quvvatlash qurilmalari va quloqchinlar, 35 ta lazerli nur tarqatgich apparati va ashyoviy dalil deb eʼtirof qilingan boshqa turdagi mol-mulklar sindirish, to‘kib tashlash va karobkalarni yirtib tashlash yo‘li bilan yo‘q qilinib, ijro ishlari tamomlandi.

 

Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.