O'zbekiston

O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar hajmi yiliga 40–50 milliard dollarga yetdi

Shuningdek, mamlakatda kambag‘allik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizgacha qisqargani ta’kidlandi.

O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar hajmi yiliga 40–50 milliard dollarga yetdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda mamlakat iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar va erishilgan natijalar haqida so‘zladi.

 

Davlat rahbari katta siyosiy iroda bilan O‘zbekiston dunyoga keng ochilgani, qo‘shni davlatlar bilan chegara masalalari hal etilib, do‘stlik va hamkorlik aloqalari mustahkamlanganini ta’kidladi.

 

Valyuta, soliq, bojxona va investitsiya siyosatida tub o‘zgarishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Natijada O‘zbekistonning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni 80 pog‘onaga yaxshilanib, mamlakat iqtisodiyoti mo‘tadil erkin davlatlar qatoridan joy olgani aytildi.

 

Ilgari O‘zbekistonga yiliga 2–3 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 40–50 milliard dollarga yetgani ta’kidlandi. Investitsiyalar bilan birga ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy bilim va yangi iqtisodiy imkoniyatlar kirib kelayotgani qayd etildi.

 

Shuningdek, uch yil avval 2030-yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazish maqsadi belgilangan bo‘lsa, global logistika tizimidagi uzilishlar va dunyodagi notinch vaziyatga qaramay, ushbu marraga joriy yilning o‘zidayoq ortig‘i bilan erishilgani ma’lum qilindi. Natijada O‘zbekiston daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kirishi qayd etildi.

 

Prezident bunday natijalarga xalqning fidokorona mehnati, intellektual salohiyati hamda millat va davlat birdamligi tufayli erishilayotganini ta’kidladi.

 

Shuningdek, yangi davrda 650 mingdan ziyod oila zamonaviy uy-joyga ega bo‘lgani qayd etildi.

 

Tantana davomida minglab mahallalarga Yangi O‘zbekiston qiyofasi kirib borayotgani, kambag‘allik masalasi ochiq tan olinib, uni keskin qisqartirish bo‘yicha milliy tajriba shakllantirilgani ta’kidlandi.

 

Ehtiyojmand oilalarning daromadi, kasbi, salomatligi, farzandlarining ta’lim olishi va yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

 

Izchil sa’y-harakatlar natijasida kambag‘allik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushirilgani qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkich ortida turmush sharoiti va hayot sifati yaxshilangan 10 million insonning hayoti mujassam ekani ta’kidlandi.

Issiqxonalarga yangi talablar: qattiq yoqilg‘i cheklanadi

Issiqxonalarga yangi talablar: qattiq yoqilg‘i cheklanadi

Talablarga moslashish uchun issiqxonalarga muddat berilgan, ekologik modernizatsiya xarajatlarining bir qismi esa davlat tomonidan qoplanadi.

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish targ‘ib qilinmoqda

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish targ‘ib qilinmoqda

Yoshlar o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, bandligini ta’minlash hamda sport va kasb-hunarga keng jalb qilish masalasi muhokama qilindi.

Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi: bir guruh xodimlar mukofotlanadi

Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi: bir guruh xodimlar mukofotlanadi

Prezident farmoniga ko‘ra, xodimlar jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolar huquqlarini himoya qilishdagi xizmatlari uchun taqdirlanadi.

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Havo sifati xalqaro indeks bo‘yicha “noqulay” darajaga yetishi mumkin.

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ko‘rgazmada bolalarning xavfsizligi, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi va kelajagini tanlash imkoniyati kabi masalalar yoritildi.

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

2027-yil 1-yanvardan liftlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishning yangi tartibi kuchga kiradi.

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Buyurtmachi va pudrat tashkilotiga shikastlangan qabr toshlarini tiklash majburiyati yuklatildi.

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

Shuningdek, unga avval ham qo‘pol munosabatda bo‘lingani haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda.