O'zbekiston

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 49,5 mlrd dollarga yetdi

2026-yil yanvar-iyul oylarida mamlakat tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,1 foizga oshgan.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 49,5 mlrd dollarga yetdi


O‘zbekistonning 2026-yil yanvar-iyul oylaridagi tashqi savdo aylanmasi 49,5 mlrd dollarni tashkil qilgan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 3,7 mlrd dollarga yoki 8,1 foizga ko‘p.


 
Hisobot davrida eksport hajmi 19,9 mlrd dollarni tashkil etgan va bir yil avvalgiga nisbatan 3,6 foizga kamaygan. Import esa 29,6 mlrd dollarga yetib, 17,8 foizga oshgan. Natijada tashqi savdoda 9,7 mlrd dollarlik manfiy saldo qayd etilgan. Shu bilan birga, oltin hisobga olinmaganda, tovarlar eksporti 9,8 mlrd dollarni tashkil etib, 2025-yilning shu davriga nisbatan 27,7 foizga oshgan.


 
O‘zbekiston 200 dan ortiq davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. Yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori Xitoy bo‘lgan. U bilan tashqi savdo aylanmasi 11,26 mlrd dollarni tashkil etgan. Rossiya bilan bu ko‘rsatkich 8,13 mlrd dollar, Qozog‘iston bilan 3,27 mlrd dollar, Turkiya bilan 1,65 mlrd dollar va Afg‘oniston bilan 1,23 mlrd dollarga yetgan.


 
Eksport tarkibida tovarlarning ulushi 63,2 foizni, xizmatlarniki esa 36,8 foizni tashkil etgan. Xizmatlar eksporti 7,3 mlrd dollarga yetib, bir yil ichida 35,3 foizga oshgan. Uning asosiy qismini turizm – 53,8 foiz, transport xizmatlari – 31,7 foiz, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari – 8,5 foiz hamda boshqa biznes xizmatlari – 2,9 foiz tashkil qilgan.


 
Tovarlar eksportida sanoat mahsulotlari 2,87 mlrd dollar bilan 14,4 foizlik ulushni egallagan. Turli tayyor mahsulotlar eksporti 1,68 mlrd dollarni, kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar eksporti 1,56 mlrd dollarni, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksporti esa 1,54 mlrd dollarni tashkil qilgan.


 
To‘qimachilik mahsulotlari eksporti 1,9 mlrd dollarga yetgan. Bu umumiy eksportning 9,5 foiziga teng bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26,6 foizga oshgan. Uning asosiy qismini tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 52,2 foiz va ip-kalava – 31,4 foiz tashkil etgan.


 
Meva-sabzavot eksporti esa 1,025 mlrd dollarni tashkil qilgan. Yanvar-iyul oylarida 1,28 mln tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan bo‘lib, bu hajm o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,4 foizga ko‘p. Biroq eksport qiymati 3,9 foizga kamaygan.


 
Import hajmining asosiy qismini mashina va transport uskunalari tashkil qilgan – 9,7 mlrd dollar yoki jami importning 32,8 foizi. Sanoat tovarlari importi 4,4 mlrd dollarni, kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar 3,6 mlrd dollarni, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar importi esa 3,3 mlrd dollarni tashkil etgan.


 
Import geografiyasida ham Xitoy yetakchi bo‘lgan. Yanvar-iyul oylarida mamlakat importining 32,3 foizi Xitoy, 17,9 foizi Rossiya, 8,1 foizi Qozog‘iston, 3,5 foizi Turkiya, 3,5 foizi Janubiy Koreya, 2,2 foizi Turkmaniston va 2,2 foizi Germaniya hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu yetti davlat jami importning 65 foizdan ortig‘ini ta’minlagan.


 
Import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar hajmi 3,29 mlrd dollarni tashkil etib, bir yilga nisbatan 41,9 foizga oshgan. Jumladan, donli ekinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar importi 864,9 mln dollar, go‘sht va go‘sht mahsulotlari 574 mln dollar, shakar va undan tayyorlangan mahsulotlar 434 mln dollarni tashkil qilgan.


 
Xizmatlar importi ham oshgan. Hisobot davrida u 3,6 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizga ko‘paygan. Uning 43,6 foizi sayohatlar, 27,4 foizi transport xizmatlari, 10,2 foizi boshqa biznes xizmatlari hamda 9,2 foizi telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
 

custom img

Ajdodlarimiz jasorati xalqimiz uchun hamisha ma’naviy kuch manbai — Shavkat Mirziyoyev

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Bayram kunlari qo‘shimcha avtobus, elektropoyezd va aviareyslar tashkil etiladi

Xususan, elektropoyezdlarning qo‘shimcha qatnovlari bayramdan ikki kun oldin ishga tushirilib, bayramdan keyingi ikki kun davomida ham saqlab qolinadi.

custom img

O‘zbekiston xalqaro zaxiralarida oltin ulushi bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi

2026-yilning birinchi yarmi yakunida O‘zbekiston xalqaro zaxiralarining 87 foizi oltindan iborat bo‘lgan.

custom img

Bugun 7 ta hududda kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatiladi

Ayrim hududlarida shamol tezligi 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston mustaqil sayohatlar uchun dunyoning eng yaxshi beshligiga kirdi

Reytingda mamlakatning tarixiy merosi, tabiati va turizm imkoniyatlari yuqori baholangan.

custom img

Hindiston O‘zbekistonga 500 ming dollarlik tibbiy uskunalar berdi

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti poliklinikasi Hindistonning beg‘araz yordami doirasida 70 ta zamonaviy tibbiy uskuna, jumladan, reanimobil va diagnostika qurilmalari bilan jihozlandi.

custom img

Prezident ishtirokidagi Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bugun o‘tkaziladi

Unda Shavkat Mirziyoyev qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev xorijdagi fojialar munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Xitoy va Nepaldagi tabiiy ofatlar, shuningdek, Pokistondagi yong‘in oqibatida halok bo‘lgan marhumlarning yaqinlariga sabr-toqat, jabrlanganlarga esa tezroq sog‘ayishni tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"