O'zbekiston

31-avgust uchun o‘qituvchilarning ish haqidan pul ushlab qolinmaydi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

31-avgust uchun o‘qituvchilarning ish haqidan pul ushlab qolinmaydi

O‘zbekistonda 31-avgust — dam olish kuni munosabati bilan maktablarda xodimlar, jumladan, o‘qituvchilarning ish haqidan pul ushlab qolinmaydi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ish haqi to‘lovlariga oid xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Vazirlikka ko‘ra, amaldagi mehnat qonunchiligida dam olish kuni munosabati bilan, jumladan, 31-avgust uchun maktab xodimlarining ish haqidan ushlab qolish nazarda tutilmagan. Shu sababli ish haqini ushlanmalarsiz, to‘liq miqdorda to‘lash bo‘yicha topshiriq berilgan.

 

Shuningdek, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining avgust oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqi to‘lovlari 29-avgustdan boshlab amalga oshirilmoqda.

 

Qayd etilishicha, maktablarda xodimlarga ish haqi to‘lovlari shtatlar jadvali hamda tarifikatsiya ro‘yxati bo‘yicha ajratilgan dars soatlari asosida amalga oshiriladi.

 

Bunda o‘qituvchilarga tarifikatsiya ro‘yxatida ularga belgilangan oylik yuklama, ya’ni stavkasidan kelib chiqqan holda ish haqi to‘lanadi.

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Dekabrga qadar ish joyidagi tazyiq va kamsitishlar haqida anonim xabar berish imkonini beruvchi portal ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Nukusda MIB orqali avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar undirib berildi

Nukusda MIB orqali avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar undirib berildi

Maʼlum bo‘lishicha, haydovchi boshqa avtomashinaga yo‘l bermaganligi oqibatida to‘qnashib, unga 54 mln so‘m moddiy zarar yetkazgan.

Namanganda MIB orqali 11 ta telefon yo‘q qilindi

Namanganda MIB orqali 11 ta telefon yo‘q qilindi

Shu tariqa sud qarori ijrosi to‘liq taʼminlangan.

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Hokimlikdan prokuraturaga: Toshkent shahar prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Hokimlikdan prokuraturaga: Toshkent shahar prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nilufar Allabergenova ushbu tayinlovga qadar Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonun bilan erta nikoh va nikoh tuzish tartibini buzganlik uchun jarimalar oshirildi.

Tilanchilik uchun jarima oshdi: ayrim holatlarda qamoq ham qo‘llanadi

Tilanchilik uchun jarima oshdi: ayrim holatlarda qamoq ham qo‘llanadi

Tilanchilik va odamlarni ushbu faoliyatga jalb qilish uchun jazolarni kuchaytirildi.

Farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizlik: ota-onalarni qanday jazo kutmoqda?

Farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizlik: ota-onalarni qanday jazo kutmoqda?

O‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash majburiyatini bajarmagan ota-onalar uchun jazo kuchaytirildi.