O'zbekiston

O‘zbekistonda 2050-yilga borib tug‘ilishlar soni 1,2 milliondan oshishi mumkin

2050-yilga kelib mamlakatda bir yil davomida dunyoga keladigan bolalar soni 2025-yilga nisbatan 40 foizdan ko‘proqqa oshishi prognoz qilingan.

O‘zbekistonda 2050-yilga borib tug‘ilishlar soni 1,2 milliondan oshishi mumkin


 
“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Ichki va tashqi migratsiyaning demografik jarayonlar va oila institutiga uzoq muddatli taʼsirini baholash” ilmiy loyihasi doirasida tug‘ilish ko‘rsatkichlarining uzoq muddatli prognozi amalga oshirildi.


 
Prognozga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni kelgusi yillarda o‘sishda davom etadi. 2030-yilda 892,7 ming nafar, 2040-yilda 1 million 16,1 ming nafar, 2050-yilda esa 1 million 234,1 ming nafar tug‘ilish qayd etilishi kutilmoqda. Shu tariqa, 2050-yilga kelib tug‘ilishlar soni 2025-yilga nisbatan 354,5 ming nafarga yoki 40,3 foizga ko‘payishi prognoz qilingan.


 
Hududlar kesimida eng yuqori o‘sish surʼatlari Toshkent viloyati va Toshkent shahrida kutilmoqda. Prognoz qilinayotgan o‘sish ko‘rsatkichlari Toshkent viloyatida 62 foiz, Toshkent shahrida 61 foiz, Andijon viloyatida 48,6 foiz, Samarqand viloyatida 43,3 foiz va Namangan viloyatida 42,4 foizni tashkil etadi.


 
Tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti bo‘yicha esa o‘rta muddatda biroz pasayish, keyinchalik barqaror o‘sish tendensiyasi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha mazkur ko‘rsatkich 2030-yilda 21,2 promille, 2040-yilda 20,8 promille, 2050-yilda esa 21,9 promille bo‘lishi prognoz qilingan.


 
2050-yilda tug‘ilish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lishi kutilayotgan hududlar qatoridan Surxondaryo – 24,7 promille, Qashqadaryo – 23,8 promille, Namangan va Samarqand – 23,1 promilledan, Andijon – 22,9 promille hamda Toshkent shahri – 22,3 promille o‘rin olgan.


 
Institut maʼlumotlariga ko‘ra, tug‘ilishlar sonining prognoz qilinayotgan o‘sishi kelgusi yillarda taʼlim, sog‘liqni saqlash, maktabgacha taʼlim, uy-joy, ijtimoiy xizmatlar va mehnat bozori infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojni ham oshiradi.


 
Shuningdek, demografik o‘zgarishlarni oldindan baholash davlat resurslarini samarali taqsimlash, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda inson kapitaliga investitsiyalarni strategik rejalashtirish imkonini berishi qayd etilgan.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"