O'zbekiston

O‘zbekistonda 1,4 mln tonna maishiy chiqindi olib chiqilib, utilizatsiya qilindi

“Dolzarb 40 kunlik” tozalik tadbirlari doirasida hududlardan kuniga 30–40 ming tonna chiqindi olib chiqildi.

O‘zbekistonda 1,4 mln tonna maishiy chiqindi olib chiqilib, utilizatsiya qilindi

O‘zbekistonda Mustaqillik bayramining 35 yilligi arafasida “Dolzarb 40 kunlik” tozalik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish agentligi xabar berdi.

 

28-iyuldan 6-sentyabrgacha davom etayotgan tadbirlar vaqtida chiqindilarni olib chiqishga har kuni o‘rtacha 4,5 mingta maxsus texnika va 10 mingdan ortiq xodim jalb qilinmoqda. Hududlarda sanitariya tozaligi xizmatlarining tun-u kun navbatchiligi ham tashkil etilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, kuniga 30–40 ming tonna qattiq maishiy chiqindi olib chiqilmoqda. 40 kunlik davrda 1,4 mln tonna qattiq maishiy hamda 2 ming tonna qurilish chiqindisi olib chiqilib, utilizatsiya qilingan.

 

Respublikadagi 8150 ta mahallaning 7674 tasi tozalik tadbirlari bilan to‘liq qamrab olingan.

 

Shuningdek, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bilan bog‘liq 97 ta huquqbuzarlik aniqlangan. Ularga nisbatan jami 165,4 mln so‘m ma’muriy jarima qo‘llangan.

 

Fuqarolardan kelib tushgan 327 ta murojaatning 275 tasi joyida hal qilingan. Qolgan 52 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.

 

Shu bilan birga, Agentlik huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi DM tomonidan ham “Dolzarb 40 kunlik” tozalik tadbirlari o‘tkazilib, respublika bo‘yicha chiqindi poligonlariga joylashtirildi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.