O'zbekiston

63 va 58 yosh: pensiya yoshi o‘zgaradimi?

O‘zbekistonda pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif qilinmoqda.

63 va 58 yosh: pensiya yoshi o‘zgaradimi?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan prezident farmoni loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi

 

Hujjatda pensiya yoshi, pensiya hisoblash tartibi va jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga oid qator o‘zgarishlar nazarda tutilgan.

 

Loyihaga ko‘ra, 2028-yil 1-yanvardan pensiya yoshi har yili uch oyga oshirib boriladi. Natijada 2039-yilga kelib erkaklar uchun pensiya yoshi 63, ayollar uchun 58 yosh etib belgilanishi taklif qilinmoqda.

 

Shuningdek, 2027-yildan umumiy pensiya yoshidan bir yil oldin pensiyaga chiqish imkonini beruvchi tartibni bekor qilish rejalashtirilgan.

 

Pensiya yoshi oshirilayotgan davrda pensiyaoldi yoshidagi fuqarolar uchun ayrim kafolatlar saqlab qolinadi. Jumladan, ish beruvchilarga fuqaroni pensiyaoldi yoshida ekani sababli ishdan bo‘shatish yoki ishga qabul qilmaslik taqiqlanadi. Ishsiz deb topilgan fuqarolarning muddatidan ikki yil oldin pensiyaga chiqish huquqi ham saqlanadi.

 

Og‘ir va zararli mehnat sharoitlarida ishlovchi fuqarolar uchun amaldagi imtiyozli pensiya tartibini saqlab qolish taklif etilmoqda.

 

Loyihada pensiya miqdorini hisoblashda olinadigan ish haqi davrini bosqichma-bosqich kengaytirish nazarda tutilgan. 2027-yildan boshlab hisob-kitobga olinadigan davr har yili bir yilga uzaytirilib, 20 yilgacha yetkaziladi. Bunda fuqaroning eng past daromad olgan davrining 10 foizini hisob-kitobdan chiqarish taklif qilinmoqda.

 

Yoshga doir pensiya uchun talab etiladigan minimal ish staji ham oshiriladi. Hozirgi kamida yetti yillik staj talabi har yili bir yilga ko‘paytirilib, 2034-yilda 15 yilga yetkazilishi rejalashtirilgan.

 

Loyihaga ko‘ra, 2027-yildan ayrim fuqarolar ish haqining 5 foizini ixtiyoriy ravishda jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga yo‘naltirishi mumkin. Bunday badallarga davlat budjetidan 50 foizgacha qo‘shimcha mablag‘ ajratish taklif etilmoqda.

 

Fuqarolarga jamg‘arilgan mablag‘larni investitsiya va moliyaviy vositalarga joylashtirishda ishtirok etish imkoniyati ham berilishi mumkin. 2030-yildan esa ushbu mablag‘lardan og‘ir kasalliklarni davolash hamda ipoteka krediti uchun boshlang‘ich to‘lov sifatida foydalanishga ruxsat berish taklif etilgan.

 

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini kelasi yildan «Xalq» bankidan Pensiya jamg‘armasi tasarrufiga o‘tkazish ham ko‘zda tutilmoqda. Hisobvaraqdagi mablag‘lar fuqaroning shaxsiy mulki hisoblanishi va meros qilib qoldirilishi mumkin.

 

2027-yildan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliqni qat’iy belgilangan miqdorda to‘lash tizimini joriy etish taklif qilinmoqda. Ular soliqni yil davomida bo‘lib to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Ijtimoiy soliqning 10 foizini Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga yo‘naltirish va shu hisobdan homiladorlik va tug‘ish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini to‘lash rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qisqartirilgan ish vaqtini joriy etish taklif qilinmoqda.

 

Hujjat hozircha loyiha maqomida bo‘lib, jamoatchilik muhokamasidan o‘tmoqda.

custom img

O‘zbekiston diplomi Yevropaga yo‘l ochadimi?

O‘zbekistonda oliy ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish ko‘lami kengaytiriladi.

custom img

O‘zbekiston va BMT Turizm: 2027-yil xalqaro ochilish marosimi Toshkentda o‘tkaziladi

O‘zbekiston va BMT barqaror turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi.

custom img

Buxorodagi neft omborida yong‘in: 3 fuqaro jarohatlandi

Yong'in oqibatida ombordagi bitta yoqilg‘i rezervuari yonib, zararlangan.

custom img

Harbiy xizmat oldidan tibbiy tekshiruv: narkotik iste’moli maxsus test orqali aniqlanadi

Ijobiy natija qayd etilgan yoki namuna topshirishdan bosh tortganlar harbiy-tibbiy ko‘rikka qo‘yilmaydi.

custom img

Xorazmda 15 yoshli yigit “Jiguli”da YPX xodimlari bilan “quvlashmachoq o‘ynadi”

YPX xodimlarining to‘xtash ishoralariga bo‘ysunmasdan harakatini davom ettirgan haydovchi to‘xtatilib, uning otasiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

custom img

Dam olish kunlari majburiy ish: bo‘lim boshlig‘i xodimlarni majburan ishga jalb qildi

Holat yuzasidan mansabdorga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima solingan.

custom img

Darsdagi tortishuv: o‘quvchi qizni sinfdoshining onasi kaltakladi

Dars vaqtida ikki qiz o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan. Mojaro ortidan birining onasi ikkinchi qizni darsdan chaqirtirib, uning bo‘ynini tirnagani va jismoniy kuch ishlatgan.

custom img

Dala shiyponidagi 17 o‘ram: Urgutda 60 gramm shubhali modda topildi

Tekshiruv vaqtida uy-ro‘zg‘or buyumlari orasiga yashirilgan shubhali ashyolar aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"