Siyosat

Shavkat Mirziyoyev “KIND” korporatsiyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Toshkentning yangi xalqaro aeroporti atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev “KIND” korporatsiyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasiga tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Koreyaning xorijiy infratuzilma va urbanizatsiyani qo‘llab-quvvatlash korporatsiyasi — “KIND” rahbari bilan muzokara o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston transport va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar qo‘shma investitsiya platformasi tashkil etilganini ijobiy baholadilar.

 

Shuningdek, yangi ilmiy-sanoat bioklasterini tashkil etish loyihasiga alohida e’tibor qaratildi. Unda ilm-fan, sanoat va zamonaviy texnologiyalarni yagona ekotizimga birlashtirish muhimligi ta’kidlandi.

 

Muloqot davomida Toshkentning yangi xalqaro aeroporti atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Rejada aeroport, zamonaviy logistika xablari va turar joy infratuzilmasini o‘zaro bog‘langan yagona tizim sifatida rivojlantirish nazarda tutilishi qayd etildi.

custom img

“Shinhan Bank” O‘zbekistonda sho‘ba bank tashkil etishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev “Shinhan Financial Group” raisi Chjin Ok Don bilan uchrashdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Hyundai”, “Kia” va “Hyundai Rotem” rahbarlari bilan uchrashdi

“Kia” O‘zbekistonda yangi rusumdagi, elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, “Hyundai Rotem” O‘zbekistonga qo‘shimcha yuqori tezlikdagi poyezdlar yetkazib berish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Eksimbanki raisi bilan uchrashdi

Tomonlar 8 milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturini amalga oshirish, yuqori tezlikdagi poyezdlar, muhim minerallar, tibbiyot va raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Lotte Group” raisi bilan uchrashdi

Tomonlar O‘zbekistonda developerlik, turizm, mehmonxona biznesi va mis folgasi ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston – Koreya biznes forumi: yangi investitsiyaviy loyihalar ishga tushirilmoqda

Toshkentda Kimyo texnologiyalari markazi ishga tushirildi, Jizzax, Farg‘ona va Namanganda yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etildi.

custom img

O‘zbekiston va Koreya biznesi: sanoat-texnologik alyans tuzish taklif qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Bosh vaziri 300 nafardan ortiq davlat va biznes vakillarini jamlagan qoʻshma biznes forumning ochilishida ishtirok etdilar.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik, muhim minerallarni qayta ishlash va transport infratuzilmasi ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda diplomatik munosabatlarning 35-yilligi munosabati bilan qo‘shma parlament tadbirlari o‘tkazishga kelishildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"