O'zbekiston

O‘zbekiston diplomi Yevropaga yo‘l ochadimi?

O‘zbekistonda oliy ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish ko‘lami kengaytiriladi.

O‘zbekiston diplomi Yevropaga yo‘l ochadimi?

O‘zbekistonda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim dasturlari sonini 300 tadan oshirish rejalashtirilmoqda. Hozirda bu ko‘rsatkich 100 taga yaqin.

 

Bu haqda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Portugaliyaning A3ES agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «O‘zbekiston oliygohlarining Yevropa akkreditatsiyasi sari yo‘li» seminarida ma’lum qilindi.

 

 

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda hozir 31 ta xorijiy akkreditatsiya tashkiloti reyestrga kiritilgan. Oliy ta’lim muassasalari ushbu tashkilotlardan akkreditatsiyadan o‘tishi mumkin va ularning natijalari milliy agentlik tomonidan tan olinadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Nodir Ergashevning ta’kidlashicha, xalqaro akkreditatsiya va diplomni tan olish bir xil tushuncha emas.

 

Ya’ni xalqaro akkreditatsiya diplomning xorijda avtomatik tan olinishi degani emas. U, avvalo, ta’lim dasturining belgilangan xalqaro sifat talablariga javob berishini va bitiruvchining zarur bilim, ko‘nikma hamda kompetensiyalarni egallaganini tasdiqlaydi. Bu esa bitiruvchining xorijda o‘qishni davom ettirishi yoki ishga kirishi jarayonida uning malakasini baholashda muhim omil bo‘lishi mumkin.

 

 

Akkreditatsiya jarayonida universitetning faqat hujjatlari tekshirilmaydi. Talabalar, professor-o‘qituvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida ham so‘rovlar o‘tkaziladi. Xususan, ish beruvchilarning talablari ta’lim dasturlarini shakllantirishda hisobga olinishi ko‘zda tutilgan. Ya’ni universitet bitiruvchida mehnat bozori talab qilayotgan kompetensiyalarni shakllantiryaptimi yoki yo‘qmi — shu jihat ham baholanadi.

 

Seminarda Portugaliyaning A3ES agentligi vakillari Yevropa oliy ta’lim hududida qo‘llaniladigan sifat kafolati yondashuvlari, institutsional va dasturiy akkreditatsiya hamda ekspertlar tomonidan baholash mexanizmlari bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

 

Milliy agentlikning xalqaro akkreditatsiyani kengaytirish bo‘yicha 100 taga yaqin dasturdan 200 va undan keyin 300 dan ortiq dasturgacha chiqish maqsadi O‘zbekiston oliygohlarining xalqaro ta’lim maydonidagi tan olinishi va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

custom img

63 va 58 yosh: pensiya yoshi o‘zgaradimi?

O‘zbekistonda pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif qilinmoqda.

custom img

O‘zbekiston va BMT Turizm: 2027-yil xalqaro ochilish marosimi Toshkentda o‘tkaziladi

O‘zbekiston va BMT barqaror turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi.

custom img

Buxorodagi neft omborida yong‘in: 3 fuqaro jarohatlandi

Yong'in oqibatida ombordagi bitta yoqilg‘i rezervuari yonib, zararlangan.

custom img

Harbiy xizmat oldidan tibbiy tekshiruv: narkotik iste’moli maxsus test orqali aniqlanadi

Ijobiy natija qayd etilgan yoki namuna topshirishdan bosh tortganlar harbiy-tibbiy ko‘rikka qo‘yilmaydi.

custom img

Xorazmda 15 yoshli yigit “Jiguli”da YPX xodimlari bilan “quvlashmachoq o‘ynadi”

YPX xodimlarining to‘xtash ishoralariga bo‘ysunmasdan harakatini davom ettirgan haydovchi to‘xtatilib, uning otasiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

custom img

Dam olish kunlari majburiy ish: bo‘lim boshlig‘i xodimlarni majburan ishga jalb qildi

Holat yuzasidan mansabdorga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima solingan.

custom img

Darsdagi tortishuv: o‘quvchi qizni sinfdoshining onasi kaltakladi

Dars vaqtida ikki qiz o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan. Mojaro ortidan birining onasi ikkinchi qizni darsdan chaqirtirib, uning bo‘ynini tirnagani va jismoniy kuch ishlatgan.

custom img

Dala shiyponidagi 17 o‘ram: Urgutda 60 gramm shubhali modda topildi

Tekshiruv vaqtida uy-ro‘zg‘or buyumlari orasiga yashirilgan shubhali ashyolar aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"